4.Tarozi va tortish
Ishning maqsadi: Tarozilar bilan tanishish va ishlatilishini amalda sinab o`rganish.
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, NaCl-natriy xlorid tuzi, Mg-magniy qirindisi (yaltiroq metall), filtr qog‘oz.
Asbob uskunalar: texnik, (taxminiy tortish uchun), texnik-kimyoviy (0,01 g aniqlikda tortish uchun) va analitik tarozilar (0,0001 g aniqlikda tortish uchun), tarozi toshlari, tortish uchun idishlar: soat shishasi, byukslar, tigel, eksikator, haroratni o‘lchovchi termometr.
Tarozida tortish va uni bilish kimyoviy jarayonlar natijasini miqdoriy aniqlikda, hamda moddalarning doimiy miqdorlarini (ekvivalent, atom va molekula massasi va b.) bilishda muhim bosqichlardan hisoblanadi. Kimyoviy tajribani natijalarini miqdoriy aniqlashda moddalarni miqdorini qanday aniqlikda tortib olinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Noorganik kimyo o‘quv laboratoriyalarida texnik, (taxminiy tortish uchun), texnik-kimyoviy (0,01 g aniqlikda tortish uchun) va analitik tarozilar (0,0001 g aniqlikda tortish uchun) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |