1- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Atir sovunidagi yog‘ kislotalari miqdorini aniqlash
Ishning maqsadi: Sovundagi yog‘ kislotalar miqdorini laboratoriya sharoitida aniqlash va bu kо‘rsatkichlarni meyoriy hujjatlardagi kо‘rsatkichlar bilan taqqoslash.
Umumiy tushunchalar.
Sovun bu yuqori molekulali yog‘ va naften kislotalarining tuzlaridir. Yuvinish va kir yuvish uchun ishlatiladigan sovun 10 dan 20 gacha uglerod atomidan tashkil topgan yog‘ kislotalarining natriyli va kaliyli tuzlaridan iborat. Tarkibida uglerod atomi 10 dan kam bо‘lgan yog‘ kislotalaridan olingan sovunlar yuvish qobiliyatiga ega emas.
Sovun, yog‘ kislotalarini о‘yuvchi va karbonatli ishqorlar bilan neytrallash natijasida hosil bо‘ladi.
RCOOH + NaOH RCOONa + H2O
RCOOH + KOH RCOOK + H2O
2RCOOH + Na2CO3 2RCOONa + CO2 + H2O
Sovunlanish jarayoni neytral yog‘ bilan ham boradi
CH2 – OCOR CH2 -OH
| |
CH –OCOR + 3 NaOH CH –OH + 3RCOONa
| |
CH2 –OCOR CH2 –OH
Sovunlanish jarayonini olib borish vaqtida ishqor miqdori nazariy hisoblab olinganiga nisbatan biroz kо‘proq bо‘lishi kerak. Agar sovunlash jarayonida ishqor yetishmay qolsa, suvda yomon eriydigan nordon sovun hosil bо‘lishi mumkin.
RCOONa + RCOOH RCOONa RCOOH
Covunlanish jarayonida qatnashayotgan yog‘ kislotalari va ishqorlarning turiga qarab, olingan sovunlar qattiq va yumshoq bо‘lishi mumkin. Tо‘yingan yog‘ kislotalaridan qattiq, tо‘yinmagan yog‘ kislotalaridan yumshoq sovun hosil bо‘ladi. Bundan tashqari natriyli sovunga nisbatan kaliyli sovun yumshoq bо‘ladi va suvda yaxshi eriydi, ammo yuvinish jarayonida uni sarfi kо‘proq bо‘ladi.
Yog‘-moy korxonalari ishlab chiqarayotgan sovunlar 3 turga bо‘linadi:
xо‘jalik sovunlari, turli mato va buyumlarni yuvish uchun; 2) atir sovunlari, asosan, yuvinish uchun; 3) sanoat extiyoji uchun va maxsus sovunlar. Xо‘jalik sovunlari tarkibida 60, 72 %, atir sovunda 73-80 % yog‘ kislotalari bо‘ladi.
Hozirgi vaqtda yog‘-moy korxonalarida asosan xо‘jalik va atir sovun ishlab chiqariladi. Kam hollarda kukunsimon, pastasimon va suyuq sovunlar ishlab chiqariladi.
Qattiq sovun ishlab chiqarish 2 etapdan iborat:
Sovunning konsentrlangan massasini tayyorlash (sovunli yelim, atir sovun uchun asos).
Massaga tovar formasini berish (mexanik ishlov).
Moylarni qayta ishlash sanoati atir, uy-rо‘zg‘or va maxsus sovunlarni bо‘laksimon, poroshoksimon, pastasimon va suyuq kо‘rinishlarda ishlab chiqaradi. Sovun ishlab chiqarish xomashyosi bо‘lib о‘simlik, hayvon yog‘i va moylari, shuningdek soapstok, о‘simlik moylaridan olinadigan texnik salomaslar xizmat qiladi. Sovunni sifat kо‘rsatkichlarini amaldagi davlat meyoriy hujjatlaridagi kо‘rsatkichlarga tо‘g‘ri kelishini tekshirish uchun ular analiz qilinadi. Sovunni analiz qilish uchun birinchi navbatda sovun bо‘laklaridan namuna tayyorlanadi. Analiz qilishga olingan sovun namunasi quyidagicha tayyorlanadi:
Analizga mо‘ljallangan sovun bо‘lagi 0,1 g aniqlikda tortiladi va sovun bо‘lagining о‘rtacha og‘irligi aniqlanadi.
Analizga olingan sovun bо‘lagi bо‘yi, eni, kengligi bо‘yicha bir xil bо‘lgan 8 ta teng bо‘laklarga bо‘linadi va 8 ta bо‘lakdan diagonal bо‘yicha 2 ta nusxa olinib, qirg‘ich yoki pichoq yordamida maydalanadi. Maydalangan sovun qirindisi tezda qopqoqli bankaga solinadi. О‘rtacha na’muna olish uchun bankadagi sovun qirindilarini toza bir yuzaga tо‘kilib, tezda kurakcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi va analizga namuna olinadi.
Olingan namuna sovundagi yog‘ kislotalari miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |