1 – laboratoriya ishi G‘ALTAKNING INDUKTIVLIGI, TO‘LA KUCHLANISH VA TOK ORASIDAGI FAZA SILJISHI, HAMDA MUHITNING MAGNIT SINGDIRUVCHANLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Elektromagnit induksiya va o‘zinduksiya hodisalarini o‘rganish, g‘altakning induktivligi, muhitning magnit singdiruvchanligi, hamda tok kuchi bilan kuchlanish orasidagi faza siljishini aniqlash.
Kerakli asboblar: g‘altak (solenoid), temir o‘zak, reostat, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarni o‘lchaydigan ampermetr va voltmetrlar, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok manbalari.
Ishni bajarish uchun asos
1. Nazariy qism va qurilmaning tuzilishi bo‘yicha qisqa, ishni bajarish tartibi va jadval to‘liq bo‘yica to‘liq konspekt.
2. Ishni bajarish tartibini bilish.
Ishni himoya qilish uchun asos
1. Xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da amalga oshirilgan hisob-kitob va rasmiylashtirilgan hisobot.
2. Sinov savollariga javob berish.
NAZARIY QISM
Berk kontur bilan chegaralangan sirtni kesib o‘tuvchi magnit maydon induksiya vektori oqimining har qanday o‘zgarishi shu konturda elektr tokini hosil qiladi (Faradey tajribalari). Bu tok induksion tok deyiladi. Bu tokning qayd qilinishi konturda EYK mavjud ekanligini bildiradi. Bu EYK induksion EYK deyiladi. Induksion tokning hosil bo‘lish jarayoniga elektromagnit induksiya hodisasi deyiladi. Tajriba natijalarining ko‘rsatishicha, induksion EYK ning qiymati berk konturni o‘rab turgan sirt orqali o‘tayotgan magnit maydon oqimining o‘zgarish tezligi d/dt ga proporsional ekan, ya'ni
i= – d/dt. (4.1)
bu yerdagi manfiy ishora induksion tokning magnit maydon oqimi shu tokni hosil qilgan asosiy magnit maydon induksiyasi oqimining o‘zgarishiga qarama-qarshi yo‘nalganligini ko‘rsatadi (Lens qoidasi). Elektromagnit induksiyasining xususiy hollaridan biri o‘zinduksiya xodisasidir. Agar g‘altakdan o‘tayotgan tok kuchi o‘zgarayotgan bo‘lsa, u hosil qilayotgan magnit maydon induksiyasining shu g‘altak o‘ramlari bilan chegaralangan sirtni kesib o‘tuvchi oqimi ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida, g‘altakda EYK ni induksiyalaydi. G‘altakdan o‘tayotgan tokning o‘zgarishi tufayli shu g‘altakda induksion tokning vujudga kelishiga o‘zinduksiya hodisasi deb ataladi. Vujudga kelgan induksion tok shunday yo‘nalgan bo‘ladiki, u tok ortsa uni kamaytirishga, aksincha, tok kamaysa uni tiklashga harakat qiladi.
Umuman, konturdan o‘tayotgan tok vujudga keltirgan va bu tok konturi uni o‘rab turgan yuza orqali o‘tayotgan magnit induksiyasi oqimi tok kuchiga proporsional bo‘ladi, ya'ni
=LI. (4.2)
Agar L koeffitsient o‘zgarmas bo‘lsa, maydon oqimi o‘zgarishi tok kuchi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. (4.2) ifodani e'tiborga olgan holda (4.1) ni quyidagicha yozish mumkin
i= –L(dI/dt), (4.3)
bu yerda i– o‘zinduksiya EYK, L– g‘altakning induktivligi yoki o‘zinduksiya koeffitsienti deb ataladi. Induktivlik o‘tkazgichning o‘lchamiga, shakliga va muhitning magnit singdiruvchanligi ga bog‘liq kattalikdir. Muhitning magnit singdiruvchanligi deb, muhit ichida hosil bo‘lgan umumiy maydon induksiyasi (B) ni muhit o‘rnida bo‘shliq bo‘lgandagi maydon induksiyasi (Bo) ga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi, ya'ni
=B/Bo.
(4.3) formula orqali g‘altakning induktivligini quyidagicha ifodalash mumkin:
L= , (4.4)
Agar (4.5) ifodada i=1 V va dI/dt=1 A/s bo‘lsa, g‘altakning induktivligi 1 Genri (H) bo‘ladi. Demak, g‘altak induktivligining birligiga shunday ta'rif berish mumkin: agar g‘altakdan oqib o‘tayotgan tok kuchi 1 s da 1 A ga o‘zgarganida 1 V o‘zinduksiya EYK hosil bo‘lsa, shu g‘altakning induktivligi 1 H ga teng bo‘ladi. G‘altakning induktivligi undagi o‘ramlar soniga bog‘liq. O‘ramlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, induktivlik shuncha katta bo‘ladi. Ayniqsa g‘altak ichiga temir o‘zak kiritilgan bo‘lsa, induktivlik yanada ortadi. Shuning uchun ham induktivlikni oshirish lozim bo‘lganda o‘zakli g‘altakdan foydalaniladi.
G‘altakning induktivligini aniqlash uchun 4.1-rasmda tasvirlangan elektr sxemadan foydalanamiz.
Bunda L induktivligi aniqlanishi lozim bo‘lgan g‘altak, R–g‘altak simlarining aktiv (omik) qarshiligi, xL– g‘altakning o‘zgaruvchan tokka nisbatan induktiv (reaktiv) qarshiligi, V– voltmetr, A–ampermetr.
Induktiv g‘altak L o‘zgarmas tok manbaiga ulansa (4.1-rasm), u faqat R aktiv qarshilikka ega bo‘ladi. Bu qarshilik elektr zanjiridagi V voltmetr va A ampermetr yordamida
Do'stlaringiz bilan baham: |