14-LABARATORIYA ISHI (2-soat)
MAVZU: «MOMIQ AJRATISH USKUNALARI.»
Ishdan maqsad: PTKlarida chigit tozalashning ahamiyati, momiq ajratishdan maqsad, chigit tozalash uskunasining ishlashi va tuzilishini o‘rganish, momiq ajratish uskunalarining ishlashi va tuzilishi bilan tanishish.
Topshiriq:
1. PTK larida chigit tozalashning ahamiyati haqida ma’lumot bering.
2. USM chigit tozalash uskunasining ishlashi va tuzilishini tushuntirib, sxemasini chizing.
3. Momiq ajratish uskunalarini haqida ma’lumot bering.
4. 5-LP momiq ajratish uskunasining tuzilishini, ishlashini tushuntiring va sxemasini chizing.
5. USM va 5-LP uskunalaring texnologik va texnik tavsifini keltiring va tushuntiring.
6. Xulosa.
Ishni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar
1. USM va 5-LP rusumli chigit tozalash va momiq ajratish uskunalari.
2. 5-LP rusumli momiq ajratish uskunasining asosiy ishchi organlari (yiqma qolda) sxemasi.
3. 5-LP rusumli jinning sxemasi, alohida qismlari va detallarining chizmasi.
4. Laboratoriya ishi uchun 40-50 kg miqdorida chigit.
Ishning qisqacha mazmuni
Paxta tozalash zavodlarida jinlash texnologik jarayonidan so‘ng chiqqan chigitlar xas-cho‘plardan tozalanib, linterlash uskunalariga uzatiladi.
Chigitli paxtada bo‘lgan xas-cho‘plarning bir qismi jinlash jarayonida chigitga qo‘shilib uni ifloslantiradi. Jindan chiqqan chigitlar tarkibida yirik qum, xas-cho‘plar, tasodifan tushgan metall parchalari va mayda toshlar sog‘lom bo‘lmagan (puch va etilmagan) chigitlar ham bo‘lib, bular vintli konveyerlarda va elevatorlardan o‘tkazilganda maydalanib, ishlanayotgan momiqning ifloslik darajasini ko‘paytiradi.
9.1-rаsm. УСМ rusumli chigit tоzаlаgichning sхеmаsi.
1.Yig‘uvchi konveyer;
2. Kurakli baraban;
3. Tirqish;
4,8. So‘ruvchi truba;
5. Ajratish kamerasi;
6,7. To‘siqlar;
9. Vakuum klapan;
J inlangan chigit tozalansa, momiq kam ifloslanadi, linterning arralari shikastlanmay ularning ishlash muddati uzayadi. SHuning uchun chigitlarni linterlash uskunalaridan oldin iflos aralashmalardan tozalanadi. Hozirgi vaqtda chigitni iflos aralashmalardan tozalashda USM rusumli pnevmatik chigit tozalagichdan (28-rasm) foydalaniladi. USM rusumli pnevmatik chigit tozalagich boshqa markalarga qaraganda ixcham tuzilgan bo‘lib, uni ishlatish oddiy va qulay. Ishlash jarayoni quyidagicha: chigit linterlar qatorining (batareyasining) yiquvchi konveyeri 1 bilan berilib kurakli baraban 2 orqali chigitni so‘ruvchi trubadagi 4 teshik 3 yordamida ajratish kamerasiga 5 tushadi. Havo oqimi chigitlarni yuqoriga ko‘targanda og‘ir jismlar shaxtaning pastki qismiga tushib ajraladi. Tozalangan sog‘lom chigitlar to‘siqlar 6 va 7 bilan vakuum-klapanga 9 tushirilib vintli konveyer 10 orqali kerakli joyga (linter uskunalariga) olib boriladi.
Erkin tuklar, mayda iflosliklar va puch chigitlar havo oqimi bilan truba 8 orqali ventilyatorga, undan siklonga uzatiladi. Qo‘lda terilgan I va II nav chigitlarni tozalaganda USM uskunasining tozalash samaradorligi 25%, uskunada terilgan paxta chigitini tozalaganda esa 35% gacha etadi. Oqir qo‘shilmalarni ajratish samaradorligi agar massasi 1,5-2,5 g bo‘lsa, 91%; 2,5-3,5 g gacha bo‘lsa, 99% va massasi 3,5 g dan oqir bo‘lsa 100% gacha etadi. Ish unumdorligi 7 t/soat; havo sarfi-1,9 m3/sek.; quvvati-10,0 kVt. USM chigit tozalash qurilmasining texnik tavsifi 10 jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |