43. Changallovchi harakat va Babinskiy refleksi
Changallovchi refleks hamma yangi tugilgan chaqaloqlar hayotining birinchi minutidan yaxshi va saqlangan boladi. Bola orqasi bilan chalqanchasiga yotqiziladi. Agar korsatkich barmoqni bolaning kaftiga qolining atrofiga tegilmasdan bosilsa, bola ozining barmoqlarini bukib, tekshiruvchining barmogini mahkam bosib oladi. Bazan bola barmoqni shunday qattiq kuch bilan qisib, ushlab oladiki, uni yuqoriga kotarish mumkin (Robinzon refleksi). Changallovchi refleksning yoqligi deyarli doimo pereferik nervlar patologiyasi yoki serebral jarohatlardan dalolat beradi. Refleks chala tugilgan bolalarda bolmasligi mumkin. 3 — 4 oylikda bu refleks shartli shakllanadi, bola oyinchoqlarni maqsadli ushlay boshlaydi. Changallovchi refleksning 4 oylikdan keyin turgun saqlanishi, muskullar gipertoniyasi va markaziy nerv sistemasi patologiyasidan dalolat beradi. Chaqaloqning 2 va 3 barmoqlariga bosish orqali barmoqlarni bukuvchi tonik refleksni qozgatish mumkin (Verkom simptomli quyi changallovchi refleks). Bu refleksning bolmasligi eng avvalo orqa miyaning jarohatlanganligidan dalolat beradi.
: Babinskiy refleksi Oyoqlarning tashqi tomonini silab, bolaning oyoqlari tekislanadi va barmoqlari yelpig'ich shaklida tarqaladi va agar siz oyog'ini engil bossangiz, u kaftga o'xshab qisqaradi: chaqaloq barmoqlarini ichkariga, kaftining tagini bosadi. oyoq ajin bo'ladi. Bunday reaktsiya patologik hisoblanadi va markaziy asab tizimining mumkin bo'lgan buzilishlarini ko'rsatadi, miya yarim palsi, ko'p sklerozning belgisidir, ammo yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda miya yarim korteksining etarli darajada rivojlanmaganligi sababli normal hisoblanadi.
44. Bauber va Moro refleksi удрал рефлекси (Бауэр). Bola qorin bilan yotqiziladi, bosh orta chiziqda. Bola bu holatda sudralish harakatlarini bajaradi (spontan sudralish). Agar bolaning tovoni ostiga kaft qoyilsa, bola reflektor tarzda uni oyoqlari bilan itarib yuboradi va sudralish tezlashadi. Bolani yonboshlab yoki orqa bilan yotqizilsa, bu harakatlar
sodir bolmaydi. Bunda qol va oyoqlarning koordinatsiyasi kuzatilmaydi. Sudralishga oxshagan haraktlar yangi tugilgan chaqaloqlarda hayotining 3 — 4 kunida namoyon boladi. Sudralish refleksining pasayishi yoki yoqligi orqa miyaning jarohatlanganligidan dalolat beradi.
Кол рефлекслари. Moro refleksi chiganoq nervining daxliz qismining holatida aks etadi. Bu refleks bola yotgan narsaga qattiq urish asosida (panelli stolga qattiq qol bilan urish), shuningdek, chalqancha yotgan chaqaloqni tez kotarish orqali qozgatiladi. Javob reaksiyasi qollarni yon tomonga yoyish va musht qilish (birinchi faza), bir necha sekunddan keyin qollar avvalgi holiga qaytadi (ikkinchi fazasi). Bu refleks doimiy bolib, u odatda soglom chaqaloqlarda yaxshi boladi, shuningdek, chala tugilgan bolalarda bazan, notoliq (faqat birinchi faza) bolishi yoki umuman bolmasligi mumkin. Agar bu refleks keyinchalik kuzatilmasa, demak, serebral buzilish borligini bilish mumkin (giposkik ensepalopatiya, yadroli sariqlik va boshqalar). Shu bilan birga agar refleks bir tomondan bolmasa, unda yelka singanligini, tugma yoki travmatik pereferik paralichni kuzatish mumkin. Normada Moro refleksi 3 — 4 oylikkacha saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |