1- elektr to’lovlar hujjati,uni tuzish, unga ishlov berish, saqlash, ularning maxfiyligini ta`minlash bo’yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning huquqiy asoslari
1- ELEKTR TO’LOVLAR HUJJATI ,UNI TUZISH, UNGA ISHLOV BERISH, SAQLASH, ULARNING MAXFIYLIGINI TA`MINLASH BO’YICHA MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI TA’MINLASHNING HUQUQIY ASOSLARI.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron to‘lovlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari to‘lov tizimining barcha subyektlari uchun majburiydir
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‘lovdir
Elektron to‘lov to‘lov tizimining subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
To‘lov tizimining qoidalarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
to‘lov tizimi a’zolarining to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi va a’zolikdan chiqishi tartibi;
elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari, shu jumladan elektron to‘lov hujjati rekvizitlarining tarkibi va formati bo‘yicha talablar;
axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash tartibi;
to‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi nizolarni hal etish tartibi.
To‘lov tizimining qoidalarida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Elektron to‘lov hujjatini tuzish
To‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega bo‘lgan hamda elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjat elektron to‘lov hujjati hisoblanadi.
Elektron to‘lov hujjati pul-hisob-kitobga doir qog‘oz hujjat (bundan buyon matnda pul-hisob-kitob hujjati deb yuritiladi) asosida yoki elektron to‘lov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Elektron to‘lov hujjati bilan ishlashda uni elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qog‘ozda takrorlash imkoniyati ta’minlanishi kerak.
14-modda. Elektron to‘lov hujjatiga ishlov berish
Elektron to‘lov hujjatiga ishlov berish elektron to‘lov hujjatini qabul qilish, kiritish, yozish, qayta tuzish, o‘qish, qayd etish, almashtirish, saqlash va yo‘q qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Elektron to‘lov hujjatiga, basharti u elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash taomilidan o‘tgan hamda to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlarga ega bo‘lsa, ishlov beriladi.
To‘lov tizimidan foydalanuvchilarning tegishli hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari elektron to‘lov hujjatlariga ishlov berish natijalari bo‘yicha hisobdan chiqariladi yoki hisobga kiritiladi.
15-modda. Elektron to‘lov hujjatlarini saqlash
Elektron to‘lov hujjatlari pul-hisob-kitob hujjatlarini saqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.
Elektron to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash
Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning ushbu Qonunning belgilangan muddatlari to‘lov tizimining a’zosi tomonidan buzilgan taqdirda, u kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lov tizimidan foydalanuvchiga penya to‘lashi shart.
To‘lov tizimi a’zosining aybi bilan elektron to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirda, to‘lov tizimining a’zosi mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining — to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart. Aks holda, to‘lovchi — to‘lov tizimidan foydalanuvchi to‘lov tizimining a’zosidan mablag‘larni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega
19-modda. To‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash
To‘lov tizimining subyektlari to‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan elektron to‘lov hujjatlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularga o‘zgartishlar kiritish, ularni yo‘qotish, yo‘q qilish va to‘sib qo‘yishdan muhofaza etishni ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etishlari kerak.
To‘lov tizimining subyektlari to‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlashning qo‘shimcha vositalari va usullarini belgilashlari mumkin.
20-modda. Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi
To‘lov tizimining a’zolari elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashlari kerak.Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno
Elеktron to’lov tizimida tovarG`xizmatlar to’lovi xaridorning elеktron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag’larini chiqarish imkoniga ega bo’lgan sotuvchining elеktron hisobiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi elеktron to’lov tizimlari mavjud:
Elеktron to’lov tizimlari yordamida Intеrnеt va IP-tеlеfoniyaga ulanish uchun «PIN» kodlar va intеrnеt do’konlardan tovarlarni harid qilish, uyali aloqa xizmati, shaxar tеlеfoniyasi, kommunal xizmatlar, domеn va xosting, rеklama, tеlеvidеniе, chiptalar, datatsеntrlar, vеb rеsurslar uchun.
2-O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH BO`YICHA ‘’FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TO`G`RISIDA ‘’ GI QONUN VA BOSHQA QONUN HUJJATLARI.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) omonatlari himoyalanishini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi
4-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi
Ushbu Qonunning maqsadini amalga oshirish uchun fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) tuziladi.
Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan (bundan buyon matnda litsenziyani chaqirib olish deb yuritiladi) taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fondning haq to‘lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas.
Fond yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadi.
Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag‘ qo‘yilishidan olingan daromadlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.
Fondning pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi.
Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fond moliyaviy yordam ko‘rsatish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas.
9-modda. Banklarning Fond oldidagi majburiyatlari
Banklar:
Fond bilan yozma bitimlar tuzishlari;
ushbu Qonunda belgilangan majburiy badallarni o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lashlari;
ushbu Qonunga muvofiq kafolatlanishi zarur bo‘lgan fuqarolarning banklardagi omonatlari soni va miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Fondga taqdim etishlari shart.
Bank tugatilgan taqdirda, bankning tugatish komissiyasi fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha to‘lanadigan haq summasi bilan tugatilayotgan bankning Fondga to‘laydigan badali summasi o‘rtasidagi farqni, shuningdek omonatlar bo‘yicha haq to‘lash paytida qilingan xarajatlarni Fondga to‘lashi shart.
10-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash miqdori
Fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash bankning qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank va Fond mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda amalga oshiriladi.
Agar bank omonatchiga nisbatan kreditor sifatida ham ish yuritgan bo‘lsa, omonatlar bo‘yicha haq to‘lash miqdori omonatchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan omonatlar bo‘yicha haq to‘lash summasi bilan bankning muqobil talablari summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
Fuqarolarning banklardagi chet el valyutasidagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash ushbu Qonun bilan belgilangan tartibda va miqdorlarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, litsenziya chaqirib olingan kungi kurs bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
11-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash tartibi va muddatlari
Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralari fondiga depozitga qo‘yilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larini olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng, bankning tugatish komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida Fondga quyidagilarni taqdim etishi shart:
tasdiqlangan oraliq tugatish balansi;
tugatilayotgan bank mol-mulkining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumot;
kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar ro‘yxati;
fuqarolar omonatlarining miqdorlarini tasdiqlovchi ma’lumot;
fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash uchun Fondga zarur bo‘ladigan pul mablag‘larining hisobi.
Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida boshlashi shart. Haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi. Omonatchilar agent bankka o‘z omonatlari bo‘yicha haq olish uchun murojaat qilganlarida agent bank mazkur haqni omonatchi o‘zining omonati borligini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan taqdirda to‘lashi shart.
Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq tegishli hujjatlar ko‘rsatilgan taqdirda omonatchilarning qonuniy vakillariga yoki ularning huquqiy vorislariga ham to‘lanadi.
Omonatchining Fonddan o‘z omonati bo‘yicha haqini olishi uning bankka nisbatan omonati bo‘yicha olgan haqidan ortiq miqdordagi talablarini qanoatlantirishga doir huquqlarini istisno etmaydi.
15-modda. Nizolarni hal qilish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
16-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.