1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet21/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Islomga da’vat etish. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun Islom dinini da’vat etishga, aholi o‘rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular shu davrgacha Movarounnahrda mavjud bo‘lgan dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi. Masalan, Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, sug‘diy yozuvda bitilgan asarlarni yo‘qotdi. Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi.
Aholini islomlashtirish yo‘llari. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilmaganlardan esa jon solig‘i – jizya undirilib olingan. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan kishilarning bo‘yinlariga “qarzdor” deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini
saqlab qolish maqsadida
Islom dinini qabul qilgan. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilgan yoki tovon to‘lagan. Bunday tadbir va choralar Movarounnahr aholisi o‘rtasida Islom dinining tez tarqalishiga yordam bergan. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e’tiqodiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olganlar.



* Jizya – Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i
* Zakot – mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
* Xiroj – hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i
* Masjid, machit (arabcha – sajda qilinadigan joy) – musulmonlar jamoa bo‘lib, namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona


Xalifalik tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, madaniyati poymol etildi. Mahalliy sug‘d yozuvida bitilgan diniy va ma’rify kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo‘q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasi haykallarning parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlardagi odam rasmlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish