1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida



Download 0,58 Mb.
bet18/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661–680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo‘shinlarini yengadi va o‘z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida tovon undiradi. Tovondan tashqari arablar to‘rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo‘l-yo‘lakay arablar Termiz shahrini egallaydilar.
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr hududini to‘liq bosib olishga kirishadilar. Xurosonga noib qilib tayinlangan Qutayba ibn Muslim arablarning Movarounnahrga harbiy yurishiga boshchilik qiladi. Qutayba harbiy yurishni 705-yilda Balx viloyati atrofl arini zabt etishdan boshlaydi. Tez oradaChag‘oniyon hokimi jangsiz taslim bo‘ladi. Qutayba qiyinchilik bilan Poykandni egallab, Buxoro tomonga yo‘l oladi va 709-yilda Buxoroni egallaydi. Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to‘lashga, uylarining yarmini arablarga bo‘shatib berishga majbur etiladi.
710-yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Biroq Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda Qutaybaga yordam so‘rab murojaat qiladi. Hurzod garchi dushman qo‘li bilan tor-mor qilinib o‘ldirilsa hamki, Xorazmshoh bundan o‘z mustaqilligini yo‘qotib, arablarga boj to‘lashga majbur bo‘ldi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish