1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet8/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Turk xoqonligining boshqaruvi. Turk xoqonligi qanchalik katta bo‘lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosiy qismi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy
boshqaruvga asoslangan
. Mamlakat ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchi chorvador aholi “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan. Budun o‘z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi.
O‘n o‘q budun yoki elning hokimi “yabg‘u” yoki “jabg‘u” nomi bilan atalardi. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilardi. O‘n o‘q el sardori bir tuman (ya’ni o‘n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilgan.
VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o‘ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar.

* Budun – chorvador aholi
* Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator
* Yabg‘u xoqon – xoqon urug‘idan bo‘lgan yurt hokimi
* Shod – o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni
* Yasoq – dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq





Xoqonlikning bo‘linishi.Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilganlar. ⦁ Turk xoqonligi tasarrufda bo‘lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo‘lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali bosh qaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog‘lari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo‘g‘uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufda bo‘lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston)da qaror topgan. Oloy
tog‘larining g‘arbida joylashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G‘arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish