1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


IV BOB. AJDODLARIMIZNING ILMIY MEROSI ABADIYATGA DAXLDOR MA’NAVIY XAZINA 27-§. MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTI



Download 0,58 Mb.
bet64/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

IV BOB. AJDODLARIMIZNING ILMIY MEROSI ABADIYATGA DAXLDOR MA’NAVIY XAZINA
27-§. MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTI



Bayt ul-hikma”. IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.


Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat Islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan
tili edi. Shu boisdan arab tilining o‘rni va ahamiyati oshib, uni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish kuchaydi.
Arab tili va yozuvini yaxshi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan edi. “Bayt ul-hikma”da katta kutubxona, Bag‘dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanardilar. ⦁ Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asr ilm-u faniga katta hissa qo‘shadilar.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813–833)Bayt ulhikma”da mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geograf sifatida fanga ulkan hissa qo‘shdi. Al Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Asarlari orasida, ayniqsa, matematikaga doir “Al-jabr val-muqobala” mashhur.
Hatto, “algebra” atamasi ushbu kitobning “al­jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al­jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiy aljabrni mustaqil fan darajasiga ko‘tarib, algebra faniga asos soldi va tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish