1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet60/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

25-§. IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT


Ulug‘ xoqon farmoni. XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul amaldorlari doirasida o‘troqlikka ko‘chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo‘g‘ulistonning
ulug‘ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi. ⦁ Yomlar bo‘ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, ⦁ aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, ⦁ elchilarga,
qo‘llarida bevosita topshiriqlari bo‘lmasa, shahar yoki qishloqlarga kirmasligi
va ⦁ aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. Shu tariqa aholi o‘zboshimchalik bilan yig‘ib olinadigan hisobsiz to‘lovlardan ozod bo‘ladi.

Yomlar – yo‘l bekatlari. Choparlar, yo‘lovchilar ot almashtiradigan joy. yomda doimo otlar ulovga tayyor turgan




Ma’sudbekning pul islohoti. Movarounnahrda asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa, tovar va pul munosabatlarining tiklanishida
Ma’sudbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida, bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga chiqaradi.
Kebekxon va uning islohotlari. XIV asrning birinchi yarmida Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o‘lka bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga va o‘troq hayot kechirishga intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri Kebek (1318–1326) edi. U hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, ⦁Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy
mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb yuritiladi. Kebekxon o‘z qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib Movarounnahrga ko‘chiradi. ⦁ U shu saroyda turib mamlakatni
idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofda yangi binolar qad ko‘taradi va eski Nasaf shahri bilan qo‘shilib ketadi. Shundan e’tiboran bu shahar Qarshi deb atala boshlanadi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish