1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet53/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Eron va Kavkazdagi g‘alabalar. Jaloliddin o‘z qo‘shini bilan dastlab Kirmon, keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahalliy hukmdorlar bilan kelishib, biroz mustahkam kuchga ega bo‘ladi. Ammo bu yerlar ukasi G‘iyosiddinga tegishli bo‘lganligi uchun u akasining kelishidan norozi edi. Jaloliddinning kelishi mahalliy aholi tomonidan yaxshi kutib olingan, chunki G‘iyosiddin davrida o‘zboshimchalik va zo‘rovonlik avjiga chiqqan edi.
Shunday qilib, Kirmon, Fors, Isfahon Xorazmshohga tobeligini izhor etib, umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi kurash istagini bildirishdi. Jaloliddin bu yerlarda birlashgan davlat tuzishga kirishdi.
Sulton Jaloliddin, bir tomondan, qudratli davlat tiklanayotganidan, ikkinchi tomondan, Tabariston, Damashq, Misr hukmdorlari u bilan yaxshi munosanbatlar o‘rnatganidan mamnun edi. Endilikda ular bilan ittifoq tuzib, katta qo‘shin tuzib, Chingizxonga qarshi yurish qilish mumkin edi. Jaloliddin bu yurishga umumrahbar bo‘lishni o‘ylab, Bag‘dod xalifasi Nosirga maktub yo‘llaydi. U xalifani umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi kurashga undaydi.
Ammo o‘sha davrdagi Bag‘dod xalifasi avvalgidek qudratga ega bo‘lmay, xudbin va kaltafahm hukmdor edi. Xalifa Islom olamiga ofat yog‘dirayotgan mo‘g‘ullardan emas, balki Xorazmshohning kuchayib borishidan xavfsirardi. Bag‘dod xalifasi tobora kuchayib borayotgan sulton Jaloliddin Manguberdi qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga raxna solish siyosatini tutdi. Xalifa Nosir bu yo‘lda qurolli kurashdan ham qaytmadi. Uning Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborgan 20 minglik qo‘shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor keltirildi. Bu g‘alabadan so‘ng Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjon tomon yurish qiladi.
Ozarbayjon hukmdori O‘zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. Bundan tashqari, hukmdor aholini Gurjiston qo‘shinining talonchilik yurishlaridan himoya qilolmayotgan edi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. Tabriz va G‘azna ham Xorazmshohga taslim bo‘ldi. Ozarbayjon aholisi Xorazmshoh qiyofasida o‘zini gurjilar zo‘ravonligidan ozod etuvchi xaloskorni ko‘rdi. Gurjilar ko‘pdan beri Ozarbayjonni talar, ularga qarshi turadigan kuch topilmas edi. Endi Ozarbayjon xalqi Jaloliddin siymosida qudratli kuchga ega bo‘lgan edi. Jaloliddin Xorazmshoh Ozarbayjon harbiy yurishlar uchun qulay joyda joylashganligi uchun bu o‘lkani o‘z davlatining markazi sifatida tanlaydi. Tabriz shahrini yangi barpo etgan davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Ozarbayjon egallangach, Jaloliddin Manguberdi o‘z qo’shinini Gurjiston tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. 1226-yilda Gurjiston to‘liq egallanadi.
Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi. 1227-yil sentabrda Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi. Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdini jangdagi mardligiga qoyil qolib Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”, degan.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish