Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikda keltirilgan savollar bilan murojaat qilinadi. “Xotira” o’yinini mashq sifatida berish mumkin.
Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
Siz bilgan “oddiy o’yinlar ” va “kompyuter o’yinlari” nomli ikkita ro’yhat tuzing.
O’zingiz yoqtirgan biror o’yin qoidasini yozing.
O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________
16 – dars Kompyuter o’yinlari
Dars maqsadi :
Kompyuter o’yinlari orqali o’quvchilarning xotirasini kuchaytirish, mantiqiy fikrlashini o’stirish va so’z boyligini oshirish va sichqonchadan foydalanish ko’nikmasini mustahkamlash.
Asosiy tushunchalar :
Kompyuter o’yinlari.O’quv ( o’rgatuvchi ) o’yinlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiramiz. “Puzzle” va “So’z yasash” o’yinlari yorliqlari ish stoliga joylashtiriladi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.
O’qituvchi mantiqiy o’yinlar guruhiga mansub bo’lgan “Puzzle” ( pazl ) o’yini haqida qisqa ma’lumot beradi. Bu o’yinda bo’laklarga ajratilgan rasmni tiklash kerak b’ladi. O’yin qoidasi darslikda yetarlicha yoritilgan. O’quvchilar o’yinni mustaqilishga tushirishadi. O’yin uchun 15 minut vaqt ajratilishi yetarli bo’ladi.
Shuni takidlash lozimki, Pazl o’yini natijasi asosida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasi qisman aniqlash mumkin. Chunki, har bir mantiqiy o’yininsonning ba’zi aqliy tomonlarinigina rivojlantirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning so’z boyligini va xotirasini sinab ko’rish uchun “So’z yasash” o’yini tavsiya etiladi. O’yin qoidasi darslikda yetarlicha yoritilgan. O’quvchilar o’yinni mustaqil ishga tushurishadi. Bu o’yin ham 15 minut vaqt ajratilishi yetarli bo’ladi.
O’yinlar oxirida o’quvchilar yo’l qo’ygan xatoliklar tahlil qilib berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa “So’z yasash” o’yinidan so’ng yuqori natijalarga erishilgan o’quvchilar e’lon qilinib, quyi natijalarga erishgan natijalarga so’z boyligini oshirish uchun badiiy asarlar ko’proq o’qish tavsiya etiladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikda keltirilgan savollar bilan murojaat qilinadi. O’yinlar haqidagi fikrlar so’raladi.
Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
Kompyuter o’yinlariga oid boshqotirmalar tuzish.
O’zingiz yoqtirgan biror o’yin qoidasini yozing.
O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________
Do'stlaringiz bilan baham: |