Axborot tushunchasi
Axborotning o'zi nima? Uning ilmiy ta'rifi mavjudmi? Axborot o'z mazmuni va shakliga ko'ra moddiymi? - Insoniyat paydo bo'lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko'radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berilgani yo'q va berish mumkin emas.
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot — texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bo'lsa, tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar va boshqa ma'lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o'z sohalari bilan bog'liq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
Inson (jamiyat mahsuli)ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o'zini o'rab turgan olamdan turli ma'lumotlar oladi, ularni o'zaro bog'laydi va shu ma'lumotlar asosida bilimga ega bo'ladi.
Insoniyatning hayot kechirishi uchun birinchi navbatda moddiylik zarur. Bu oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, transport va boshqalar shaklida ifodalanadi. Ammo inson, bu moddiyliklardan ularni bir ko'rinishdan boshqa kerakli ko'rinishga yoki bir holatdan boshqa kerakli holatga o'tkazish orqaligina foydalanadi. Buning uchun u moddiylikdan farqli bo'lgan energiyadan foydalanadi. Masalan, bug'doyni unga aylantirish uchun, ya'ni ashyoni inson iste'mol qilish shakliga o'tkazish uchun uni tegirmon yordamida maydalash lozim; tegirmon toshini harakatga keltirish uchun esa energiya (quwat) zarur. Shuningdek, undan non tayyorlash uchun ham ma'lum miqdordagi va ko'rinishdagi energiya (olov, issiqlik) kerak. Demak, oziq-ovqat mahsuloti (modda) bilan bir qatorda quwat (energiya) ham inson hayotida alohida o'rin egallaydi.
Lekin inson uchun moddiylik va energiya bilan bir qatorda yana bir muhim bo'lgan zarurat borki, u moddiylik va energiyadan biror maqsadga ko'ra qanday foydalanishni ko'rsatuvchi zaruratdir. Bu zarurat axborotdir.
Axborot informatika fani uchun asosiy tushuncha bo'lganligi, lekin unga ta'rif berib bo'llmasa ham, axborot deganda biz nimani tushunishimizni aniqlab olishimiz kerak.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta'sirini, bog'liklik darajasini tushunamiz.
Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlarning holatlari, xossalari va boshqa xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarning turli vositalar (qurilmalar, mashinalar, kompyuterlar va hokazo) orqali bizga yetib kelishi va ongimizga ta'siri hamda bu ma'lumotlarning ongimizda boshqa ma'lumotlar bilan bog'lanishi ekan.
Masalan, chorrahada svetoforning yonib turgan qizil chirog'i haydovchiga to'xtab turishni ko'rsatuvchi axborot bo'lsa, yashil chiroqyurish mumkinligini ko'rsatuvchi axborot hisoblanadi.
Bu holda haydovchi ranglar haqida, ranglarning qanday qoida asosida yo'l harakati bilan bog'lanishi haqida ma'lumotga ega bo'lishi va ularni o'z ongida bog'lay olishi, shu axborotlar asosida qanday harakatlar qilishni (avtomobilni to'xtatishni yoki yurgazishni) bilishi lozim bo'ladi.
Yana bir misol: endi yura boshlaganingizda "issiq" so'zini bilmasangiz ham bir marta qaynoq choynakni ushlab olib issiqlik haqida ma'lumot olgansiz, keyinchalik shu so'zni choynakning, taomning va boshqa narsalarning (olov, quyosh nuri va hokazo) issiqligi bilan bog'lay olgansiz. Issiqlikning qanday olinishini bilgach uni ham shu so'z bilan bog'ladingiz. Fizika fanini o'qiganingizdan keyin "issiq" so'zini malekulalar harakati bilan bog'laysiz. Bu hali "issiq" degan so'z bilan bog'langan ma'lumotlarning hammasi emasligini tushungan bo'lsangiz kerak. Demak, hozirgacha olgan barcha ma'lumotlaringiz axborot bo'lib, axborotlar bog'langach esa bilimni tashkil etar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |