3)Prezident farmonida aholi bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning xuquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‗laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon - murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va Samarali tizimi faoliyatini ta‘minlash, fuqarolarning O‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Xukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, xuquqiy muxofaza kiluvchi va nazorat organlariga, maxalliy davlat xokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon-davlat organlari) va xo‗jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy xuquqlarining so‗zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‗yicha davlat organlari va xo‗jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‗rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‗rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‗yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‗li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‗g‗risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida»gi, «Parlament nazorati to‗g‗risida»gi qonunlarning qabul kilinishi bilan mamlakatimizda parlament nazoratini fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlatga xos bo‗lgan darajaga ko‗tarish dolzarb vazifaga aylangan edi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ta‘kidlanganidek, mustaqillik yillarida yurtimizda davlat xokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida salmoqli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi xokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma‘muriy organlarning vazifalarini o‗zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‗jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e‘tibor berildi.Xukumatning virtual portali ish boshlagani, mamlakatimizning barcha xududlarida xalq qabulxonalarining ochilishi, 2017 yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», deb e‘lon kilinishi jamoatchilik nazoratini keng mikyosda rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |