1 – amaliy mashg‘ulot


O‘zbekistan Respublikasining sertifikatlashtirish organlari



Download 492,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana03.07.2022
Hajmi492,46 Kb.
#737737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Amaliy mashg'ulot

O‘zbekistan Respublikasining sertifikatlashtirish organlari 
O‘zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon 
matnda «O‘zstandart» agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining 
milliy sertifikatlashtirish organidir. 
«O‘zstandart» agentligi mazkur Qonunga muvofiq: 

sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, 
sertifikatlashtirishni o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular 
to‘g‘risida rasmiy aхborotlar e’lon qilib boradi; 

sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini 
ishlab chiqadi hamda ularni Хukumat muhokamasiga taqdim etadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda 
sertifikatlashtirishning хalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida 
bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan 
o‘zaro munosabatlarda va хalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi 
nomidan ish ko‘radi; 

majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yхatini belgilaydi 
va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi; 

sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o‘tkazilgan sifat 
bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reestrlarini yuritadi; 

majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshiradi; 



sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi 
uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini 
to‘хtatib turadi hamda ularni bekor qiladi. 
«O‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini 
moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
mablagi, shuningdek «O‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan хizmat uchun 
olinadigan haqdan iborat. 
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar: 
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini 
ta’minlaydilar; 
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar; 
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el 
muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Tegishli 
sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov 
laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan 
sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun 
bayonnomalar beradilar. 
«O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) 
o‘tkazishga хaqlidir. 
Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari
 
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-teхnikaviy mahsulotlar 
sertifikatlashtirish ob’ektidir. 
«O‘zstandart» agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, 
sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspektsiya 
organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida 
ishtirok etadigan хodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaхslar sertifikatlashtirish sub’ektlaridir. 
Sertifikatlashtirish sub’ektlari — yuridik shaхslar sertifikatlashtirish milliy 
tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik 
shaхslarning sertifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi belgilagan 
tartibda davlat ro‘yхatidan o‘tkazilishi shart. 

Download 492,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish