1- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining asosiy tur va turkumlarini o’rganish va rayonlashtirilgan meva ekinlari navlarini bilan tanishish- jadval Meva va rezavor meva ekinlarinig biologik, xo’jalik va botanik belgilariga qarab guruhlanishi
1-amaliy mashg\'ulot
9
Qisqa tanali meva daraxtlari uzun tanalilarga qaraganda 2- 4 yil oldin hosilga kiradi, lekin ularning yashash davri qisqa bo’ladi. Odatda, erta hosilga kiradigan navlar kech kiradiganlariga nisbatan kam yashaydi. Tabiiyki hosilga erta kirgan daraxtlar tez qarib erta quriydi. Masalan, olmaning Renet Simirenko navi boqqa o’tqazilgandan so’ng 4-5 yil o’ngach hosilga kiradi. 30-yillarga borib uning asosiy shoxlari quriy boshlaydi. Kandil-sinap 9-11 yildan boshlab hosilga kiradi. 45-50 yoshga borganda ham yashnab turadi. Meva va rezavor meva o’simliklarining muhit sharoitlariga talabchanligi har xil bo’ladi. Iqlimi mo’tadil hududlarda o’zini yaxshi his qilsa, boshqalari ko’p issiqni va vegetasiya davri uzoq bo’lishini talab qiladi. 10 Ba’zi meva va rezavor meva o’simliklarining ildiz sistemasi baquwat va yerga chuqur taralganligi uchun ular qurg’oqchilikka ancha chidamli bo’ladi. Bulaming ba’zilari shag’alli va qumli yerlarda yaxshi o’ssa, boshqalari unumdor yemi talab qiladi. Vazifa: Meva ekinlarini turkum va tur tarkibi bilan tanishish, biologik va xo’jalik belgilariga qarab guruhlanishini o’rganish va 1-jadvalnito’ldirish. Meva ekinlarini yer ustki qismi uzoq yashash va hosilga kirish muddati bo’yicha guruhlarini yozib, olma, nok, o’rik, shaftoli, anor, anjir, qulupnay, yong'oq, malina, smorodina kabilarga ta’rif berish va 2-jadvalini to’ldirish. Klasster usulida meva ekinlari guruhlanishini o’rganing? Izoh: Klaster usulidan foydalanib, urug’li, danakli, rezavor, yong’oq mevali, subtropik va tropik meva ekinlari turlarini keltiring. 11 Ishning maqsadi: Talabalami O’zbekistonda ekiladigan urug’li, danakli, yong’oq, rezavor, subtropik, sitrus mevalar hamda keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat reyestriga kiritilgan yangi meva ekinlari navlarini morfologik, biologik belgilari bilan tanishtirish va asosiy navlar ta’rifini o’rganish. Material va jihozlar: Turli mevali ekinlar navlarini ifodalovchi jadvallar, mulyajlar, gerbariylar, rasmlar. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1981. Mirzayev M.M., Sobirov M.Q. Bog’dorchilik. T., 1987. Ostonaqulov T.E., Narziyeva S.X., G’ulomov B.X. Mevachilik asoslari. T., 2010. T.E. Ostonaqulov va boshqalar. Meva ekinlari yetishtirish bo’yicha fermerlarga savol-javoblar. Samarqand, 2012. O’zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan ekinlar davlat reyestri. T., 2008. Bo’riyev H.Ch. Havaskor bog’bonga qo’llanma. T., 2002. Mevachilik fanining o’quv uslubiy majmuasi. Internet saytlari: www.agro.uz, www.ziyonet.uz Asosiy tushunchalar: Olma mevalar ichida yetakchi o’rinni egallaydi. Olma daraxtlarining uzoq umr kurishi va baquwat bo’lib o’sishi, hosilga kirishi, mevalaming yirik yoki mayda bo’lishi u qanday payvandtagda o’stirilishiga va tuproq-iqlim sharoitga hamda parvarish qilish usullariga bog’liq. Masalan, olmaning yovvoyi Siversa nihollariga Rozmarin beluy, Renet Shnirenko, Kandil shuip, Zolotoye Grayrna kabi navlar payvand qilib o’stirilsa, ular doimiy boqqa ekilganida madaniy olma daraxtlar kuchli bo’lib o’sadi, 5-6 yildan boshlab hosilga kira boshlaydi. 8-10 yili to’liq hosilga kiradi, daraxtlarining balandligi 15-20 metrga yetadi. Rozmarin beluy nav olma daraxti yuqoriga qarab piramida shaklida o’sadi va boshqa navlarga nisbatan kechroq hosilga kiradi. Kandil - sinap harn kuchli payvandtaglarda yetishtirilganida 15-17 - yillarga kelganda to’liq hosilga kiradi. O’zbekistonda ko’p tarqalgan Renet Simirenko Siversa nihollariga payvand qilinganda doimiy boqqa ekilganidan keyin 4-5 - yili hosilga kira boshlab, 8-10 - yilga kelganda har bir tupida 150 - 200 kg dan va undan ko’proq hosil olish 12 mumkin. Renet Simirenko daraxtlarining shox-shabbasi yoyilib, tarvaqaylab o’sadi. Olma daraxtlarining yoshiga va naviga qarab, ulaming ildizi ham yer qatlamlariga tik va gorizontal tarqalib baquwat o’sadi. Yowoyi olma nihollariga payvand qilib o’stirilgan Rozmarin olma daraxtlarining pastga qarab o’sgan ildizining uzunligi sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarda 5-8 metr chuqurga kirib, yon tomoniga qarab o’sganlari 6-8 yil ichida 8- 10 metrga yetganligi aniqlangan. Olmalar turli muddatlarda ya’ni madaniy navlar ancha erta (6-8 yilda), yovvoyilari kechroq (10-12 yilda) hosilga kiradi. Tupidan olinadigan hosil o’simlikning yoshiga, o’sish sharoitiga hamda shox-shabbasiga qarab turlicha bo’ladi. Katta yoshdagi tupiar 300-500-800-1000 kg gacha hosil beradi. O’zbekiston sharoitida olma daraxtlarining o’sishi 200-220 kun davotn etadi. Olma aprel oyida gullaydi va bu jarayon 9-16 kun davom etadi. Ertagullash 23-25 martdan, eng kech gullash esa 25-27 apreldan boshlanadi. Olma urug’idan, qalamchasidan va kurtak payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi. Olmaning hosil shoxchalari uch xil bo’ladi. Xalqali shox eng qisqa bo’Iib, uzunligi 3-5 sm ga yetadi. Ikkinchisi nayza shox deyiladi, uning bo’yi 5-15 sm bo’ladi. Uchinchisi chiviksimon shox bo’Iib, bo’yi 15-25 sm keladi. Hosil shoxning uchida meva kurtaklari bo’ladi. O’zbekistonda o’stiriladigan meva ekinlar navlarining qisqacha ta’rifi. Cho’lpon- R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yaratilgan. 2005 yildan Toshkent viloyati bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Kcch yozda pishadi. Mevasi avgust oyida pishadi. Daraxtning bo’yi o'rtacha bo’Iib 5 m, shox-shabbasi keng ovalsimon shaklda, bargi yirik elipssimon, rangi yashil qirrali, silliq. Hosilga beshinchi yilda kiradi. Mevasi yirik yumaloq-silindrsimon, rangi sarg’ish-yashil, ayritn joylari qizg’ish, o’rtacha vazni 210 gr. Eti oq-sarg’ish, sersuv, mevasi nordon-shirin. I losiIdorligi o’rtacha 2000-2004 yillarda gektaridan 259,5 sentner tashkil etdi. Afrosiyobi - R.R. Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqand filialida yaratilgan. 1982 yildan Andijon, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav yozda pishadi. Mevasi iyunning birinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtning bo’yi o’rtacha bo’Iib 3,8 m, shox-shabbasi keng piramida shaklda. I losilga to’rtinchi yil kiradi. Mevasi kesik konus shaklida, pushti chiziqlari bor, tillasimon sariq, o’rtacha vazni 116 gr. Eti sarg’ish, mayin, xushbo’y, mevasi nordon shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’mi bahosi 4,9 ball.O'rtacha 13 hosildorligi gektaridan 211,8 sentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 382,0 sentnerni tashkil etdi. Beliy naliv (oq olma) ertapishar, daraxti o’rtacha kattalikda, mevasi o’rtacha yirik, sarg’ish oq bo’lib, seret, nordon. Mevasi iyunda pishadi, uni 15- 20 kun saqlash mumkin. uzoq joylargayuborishgayaroqli. 4-5 yili hosilgakiradi. Download 83,23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |