S.Ojegovaning lug‘atida tadbirkor to‘g‘risidagi tushuncha bir muncha toMdirilgan: «Tadbirkor - eng kerak paytda o‘ylab ish ko‘radigan, chorasini topaoladigan, topqir, ixtirochi, ishga amaliy yondoshadigan kishidir».
Ikkala lug'atda ham tadbirkorlik faolitining alohida xili, xatti- harakatlari, yurish-turishlarida, fikrlash qobiliyatlarida alohida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdir. Bularning hammasi - tashab- buskorlik, hech kishiga ma’lum bo‘lmagan usullar bilan ish yuritish, tavakkalchilik, ishga yopishish kabi tomonlarni ifodalaydi.
Tadbirkorlik va tadbirkor to‘g‘risida yanada to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi boTsak, iqtisodiy fikrlarning qadimiy ildiziga, tubiga, shunday muammolar bilan shug‘ullangan olimlar ishiga murojat qilishimiz zarur.
«Tadbirkor» tushunchasini birinchi marta XVIII asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga kiritgan olim ingliz iqtisodchisi R.Kantilon bo'lgan. U ma’lum bo‘lgan baholarda birovlaming tovarlarini sotib olib, o‘zinikini ham o‘ziga noma’lum bo‘lgan bahoda, sotuvi noma’lum va belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishini tushungan. Bu yerda — tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy koTsatkichi deb hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |