0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Bugungi kunda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularga imtiyozlar yaratib berish borasida 0‘zbekistonda juda katta imko- niyatlar yaratib berilgan



Download 2,36 Mb.
bet50/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   266
Bugungi kunda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularga imtiyozlar yaratib berish borasida 0‘zbekistonda juda katta imko- niyatlar yaratib berilgan. Bir qancha qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilingan. Ular tashabbuskor va qobiliyatli ishbilarmon, tadbir- korlar safining ko‘payishiga va natijada bozor iqtisodiyotiga o‘tish ishlarining tezlashishiga zamin yaratdi.

Respublikada tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlashning salmoqli Davlat dasturi ishlab chiqildi. Qisqa muddat ichida ichki bozorni to'ldiradigan va eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik texno- logiyalarni joriy etish, shuning asosida tayyor mahsulot sifati, ularning jahon andozalari talablariga javob berishini, tovar, xizmat ishlari bozorida raqobat tashkil etishni ta’milash kerak bo‘ladi. Buning uchun hozirgi ishlab chiqarish, korxona va firmalar davlat budjetidan oladigan yordamini keskin kamaytirib, o‘zini o‘zi moliyalashtirishi, sarmoya bilan ta’minlashi, texnik qayta jihozlangan korxonalardan olinadigan soliq me’yorini kamaytirish, mulkka soliq stavkasini oshirish, erkin bozor narxlarini tartibga solish, davlatning taqsimot- chilik faoliyatini cheklash, ishlab chiqarish-texnika vositalari guaihiga kirgan tovarlarga davlat buyurtmasini keskin qisqartirish, uni xaridor- lar o‘rtasida kelishilgan narx asosida qondirishga qaratilgan davlat tizimi bilan almashtirish vazifa qilib qo‘yilgan.

Ma’lumki, mamlakatda ijtimoiy yo‘nalishdagi bozor iqtisodiyotini barpo qilish o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda boshlandi. Shuning uchun ham, iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida eng awalo bozorga xos yangiliklarning huquqiy negizi barpo etildi.

Ishlab chiqarish sur’atining, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo‘1 qo'yilmadi, to‘lov holati yaxshilandi, ishlab chiqarishning ustuvor tarmoqlarini (masalan, neft, gaz kondensati qazib olish, oltin, don, yengil sanoat, ozuqa sanoati va boshqalarni) takomillashtirishga e’tibor berildi. Natijada 0‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari, go‘sht, sut, don mahsulotlarini chetdan olib kelinishi bir necha barobar kamaydi. Bu davrda mulk, korxonalar, ishbilar- monlik, tashqi iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni

davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonuni, 0‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo'yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori (2003-yil, yanvar) va 30-avgust 2003-yil unga o‘zgartirishlar kiritish haqida farmoni, kooperatsiya, xo'jalik jamiyatlari va birlashmalari to‘g‘risida, monopol faoliyatni cheklash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlardan soliq olish, biija faoliyati, bankrotlik to‘g‘risida, xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini kafolatlash, lizing to‘g‘risida, yer haqida, ijara korxonalari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni ta’minlovchi bir qator qonun va farmonlari hamda hukumat qarorlari chiqdi.

Bu qonun va farmonlarning ko'pchiligi sanoat korxonalari, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma va xo‘jaliklarga te- gishlidir.

0‘zbekiston Respublikasida korxonalar faoliyatiga tegishli boMgan qonuniy hujjatlar tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan, bosh- qarilayotgan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakllariga mansub boTgan korxonalarni barpo etish, ularni qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy asoslarini belgilab berdi.

Qonun foyda olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquq va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.

Bu davrdagi qonun chiqarish jarayoni konstitutsiyaviy jihatdan asoslangan ikki muhim prinsip: «turli shakldagi (shu jamladan, xususiy) mulk erkinligi va tengligi prinsipi», «iqtisodiy faoliyat erkinligi prinsipi» asosida rivojlandi.

Bozor munosabatlari talablariga javob beradigan hissadorlik kom- paniyalari, uyushmalari, birjalar, qimmatbaho qog'ozlarni hisobga oladigan va saqlaydigan depozitariy, savdo uylari singari bozor infratuzilmasi obyektlari barpo etildi.

Bu qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada kengay- tirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarni ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish jarayonini boshlab berdi.

Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ancha murakkab ekanligini e’tirof etish lozim. Masalan, hali xalq xo‘jaligi sohalarida mulkchilikning yangi shakli qaror topishi talab darajasida chinakamiga ta’min- Ianmayapti. Ishlab chiqarish sur’atining pasayishi ko‘p tarmoqiarda davom etmoqda, sarmoyalarning yetarli emasligi iqtisodiyotni yax- shilab qayta qurishga to‘siq bo‘lmoqda.



    1. Korxonalar mohiyati va ulaming turlari

Iqtisodiy faoliyat xillari — iste’mol va ishlab chiqarishdir. Odatda ishlab chiqarishning foydali, qimmatga ega bo'lgan natijalari iste’mol qilinadi. Bunday ne’matlar foydali, ratsional xatti-harakatlar mah- sulidir. 0‘z navbatida nimalarni iste’mol qilish zarurligini ishlab chiqarish hal etadi. Nimani iste’mol qilish zarur bo‘lsa, o’shanday ne’matlar ishlab chiqariladi. Bunday iqtisodiy vazifalarni uy xo‘ja- liklari, korxonalar va firmalar darajasida talab va taklif raqobat kabi bozor qonunlari va resurslarning foydali taqsimlanishi asosida ba- jariladi.

Bozor iqtisodiyotida korxona ishlab chiqarish obyekti, ya’ni tadbirkorlik faoliyati uchun ishlatiladigan mulkchilik majmuasidir. Korxona xalq xo’jaligining eng quyi yoki dastlabki hal qiluvchi ishlab chiqarish bo‘g‘ini. Korxona — mehnatkashlar jamoasi mulkidan foy- dalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchiga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik subyekti hisoblanadi.

Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog’ozlar chiqarish hamda sotish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etish huquqiga ega.



0‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan (1995 yil 21 dekabr №163-1; 1996-yil 29-avgust №256-1) tasdiqlangan «0‘zbe- kiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi»ning 39-moddasiga binoan «Yuridik shaxs tushunchasbga quyidagicha ta’rif berilgan:

«0‘z mulkidan, xo‘jalik yuritishdan yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi».

Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’Iishlari kerak.

Korxona to‘g‘risida tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahami- yatga ega. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagilami ta’minlaydi:

- kreditorlar talabini qondirish kafolatlanadi;


  • ta’sischilarning tadbirkorlikdagi tavakkalchiligini kamaytirishni ta’minlaydi. Chunki xo'jalik oboroti ishtirokchilari oldida ta’sis etganlar emas, balki shu korxona javob beradi;

  • Korxonada barcha ishlab chiqarish omillari - mehnat, kapital, xomashyo — materiallar birlashadi;

  • tovarlar ishlab chiqariladi va xizrnat ishlari bajariladi;

  • uni ta’sis etganlarning maqsadga erishishi ta’minlanadi. Korxonaning iqtisodiy mohiyatini quyidagi 3-chizmadan ko'rish

mumkin.

Sanoat tarkibidagi turli xil korxonalarga quyidagi belgilarning umumiyligi, yagonaligi xos boMadi (3-chizma). I






3-chizma.
Korxonalarning iqtisodiy mohiyati.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish