0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Tadbirkorning muhim vazifalaridan yana bin



Download 2,36 Mb.
bet248/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   266
Tadbirkorning muhim vazifalaridan yana bin - biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotganida korxona faoliyati yo‘nalishini belgilovchi asosiy qarorlarni qabul etishdek murakkab vazifalarni o‘z zimmasiga olishdir.

  • Tadbirkor - kommersiya asosida yangi raahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yoki hatto biznesni tashkil etishning yangi shakllarini kundalik hayotga kiritib boradi.

  • Tadbirkor — tavakkalchilik bilan o‘z ish vaqti, mehnati, ishidagi

    obro‘si, shuning bilan birga o'zining shaxsiy va o‘z kompanionlari yoki aksionerlarining sarflagan mablag‘larini garovga qo‘yib ish olib boradi. Tadbirkorga foyda olish kafolati berilmagan. Shuning uchun ham kapitalizm iqtisodiyotida tadbirkorlik qobiliyatiga alohida o‘rin beriladi, u «mehnat» tushunchasiga kirmaydi, chunki uning o‘ziga xos xusu- siyatlari, ahamiyati bor. -

    «Mehnat» — kishilami tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi jismoniy va aqliy qobiliyatlaridir. «Mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» mehnat resurslarini tashkil etadi.

    Tadbirkor aniq bir ishlab chiqarish faoliyatini tanlab olib, o‘z korxonasini yurgizib yuborgandan so‘ng, uning asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz boshqarishdan iborat bo‘ladi. Bunday holatda tadbirkorning nazarida u hamma yerda zarurga o‘xshaydi, go‘yo u siz hech qanday ish bitmaydi. Lekin, bunday o‘ylash aslo to‘g‘ri emas. Barcha vazifalarni o‘z zimmasiga yuklash noto‘g‘ridir, chunki ishlab chiqarish jarayonida shunday holatlar bo‘ladiki, boshqalar ushbu ishni yaxshiroq bajarishlari mumkin. U tadbirkorlik bilan ish olib borishi kerak. Masalan, xodimlar masalasida, ta’minot masalasida, xarid qilish, ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash masalasida tad­birkor, birinchi o‘rinda yaxshi tashabbuschi, tashkilotchidir.

    Tadbirkor o‘zining yuqorida zikr etilgan xizmat vazifalarini amalga oshirishda korxonaning ishlab chiqarish jarayoni dasturini tuzish, sistemali boshqarish, iqtisodiy tahlil etish, korxona istiqbolini bashorat etish kabi ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalaniladigan ilg‘or bilimlarni qoMlashi maqsadga muvofiqdir.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorning asosiy maqsadi o‘z qo‘l ostidagi ishlab chiqarish vositalaridan, ixtiyoridagi resusrslardan unumli foydalangan holda bozor talablariga to‘g‘ri javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarib, unumli foyda olishdir. Maqsadga erishish yo‘llarini ishlab chiqishda tadbirkorlarning albatta o‘z dasturi bolishi lozim. Dastur korxonaning katta yoki kichik boMishidan qat’iy nazar, tuzilishi maqsadga muvofiqdir.



    1. Tadbirkorlikni amalga oshirish shart-sharoitlari va bosqichlari

    Biznes va tadbirkorlikning yuqorida aytilgan mohiyati va xusu- siyatlaridan kelib chiqadiki, biznesning yashashi va rivoj topishi uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:

    • mulkka egalik qilish va pirovard mahsuldorlikka erishish va shunindek, moddiy ne’matlarga egalik qilish huquqini olish yoki u huquqni boshqalarga o‘tkazish imkoniyati;

    • nisbatan xo‘jalik subyektlarini mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi, ularning xo'jalik faoliyatida iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; jumladan shartnoma tuzishda, qo'shilishda, faoliyat turini tanlashda, iste’- molchilarni tanlashda;

    • ayirboshlash shakllarini rivojlantirish, ya’ni tovar-pul muno- sabatlarining muvofiqligi, jumladan mehnatni erkin ravishda ayir­boshlash, yollash, boshqachasiga aytsak — bozorga bemalol kirish imkoniyatlarining mavjudligi.


    Download 2,36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   266




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish