Pirovard foydalilik yoki foydalilikni eng ko‘p darajada oshirish masalasining mohiyati quyidagicha: Iste’molchi xarid qilishi mumkin bo‘lgan tovarlardan, o‘z budjetidan (daromaddan) tashqariga chiqmagan sharoitda (daromadiga ko'ra), tanlab oladigan tovarlarining qaysi biri uni ko‘proq qoniqtiradi yoki uning uchun foydaliroq hisoblanadi?
Foydalilik ikki holatda yuzaga kelishi mumkin. Birinchisi, iste’- molchilar tovar tanlovida, ikkinchisi, ijtimoiy, xo‘jalik vazifalarini hal etishda, u yoki bu loyihalarni tanlashda xarajatlar bilan bu xildagi ishlardan olinadigan samarani (foydani) solishtirib, ulardan foydaliroq bo‘lganlarini tanlab olish yoki qabul qilish holatlaridir.
Bu yerda iste’molchilarning tovar tanlovining pirovard foydaliligi konsepsiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |