Iste’raol tovarlarining alternativ assortimenti
7-jadval
T ovar to'plamalari
|
Kiyim-kechaklar xilining miqdori
|
Oziq-ovqat mahsuloti xillari soni
|
A
|
40
|
20
|
В
|
50
|
10
|
C
|
10
|
70
|
D
|
30
|
50
|
E
|
10
|
20
|
Ikkinchi taxmin — xaridorning tovar tanlashdagi fikrining mu- tanosibligi (tranzitivligi). Bunda iste’molchi tovarlar to‘plamini bir-biri bilan solishtirib, ulardan eng ma’qul ko‘rganini tanlab oladi. A turdagi tovar guruhini В dan afzal ko‘rsa, В ni C dan afzal ko‘radi va hokazo. Masalan, yengil avtomobillarni markalari bo‘yicha solishtirib borish va ulardan birini ma’qul ko‘rish mumkin1.
Uchinchi taxmin. Bunda «tovar bahosini hisobga olmay barcha tovarlar yaxshi, ularni xarid qilsa bo‘ladi», deb aytish mumkin. Iste’molchilar har doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarni afzal ko‘radi. Bu yerda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi tovarlarga ahamiyat bermaydi, chunki xaridorlar bunday tovarlardan imkoniyat boricha yuz o‘giradi.
Shu uchta taxmin «iste’mol nazariyasi» modelining asosini tashkil etadi. Ular iste’molchilar xohishini tushuntirmay, faqat yozib ko’rsatadilar. Bu taxminlar ko‘pgina kishilarga va holatlarga tegishli.
7.2.1. Befarqlik egri chizig‘i
Befarqlik egri chizig'i - iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo’ladi.
Agar yuqoridagi uchta taxmin bajarilgan bo‘lsa, u holda iste'molchi har doim ikki xil tovarni «barobar qiymatga ega, teng» deb hisoblashi yoki ulardan birini afzal ko‘rishi mumkin.
17-chizmada awalgi jadval ma'lumotlari berilgan. Chizma befarqlik egri chizig‘ini ifoda etadi. 1, va A, В hamda C nuqtalaridan o‘tadi. Bu chizma shu 2 xil guruhdagi tovarlar to‘plamiga iste’molchining befarq qarashini ko‘rsatadi yoki (40—10) ite’molchi o‘zini yaxshi ham, yomon ham his etmaydi. Shunda 30 birlik oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechgan bo‘ladi. Bunda iste'molchi A guruhdagi tovarlar to’p- lamidan В ga tomon harakat qilib, 30 birlik kiyim-kechak mahsulotlari o’rniga 50 birlik oladi. Xuddi shunday iste’molchi A dan C ga tomon harakat qilib, birlik (30—10) kiyim-boshdan voz kechadi va qo’shimcha (70—30) 40 birlik oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladi.
Befarqlik egri chizig’i chizmada chapdan o’ngga tomon bormoqda. Buni tushunish uchun «befarqlik egri chizig’i pastdan yuqoriga, A dan D ga qarab bormoqda», deb tasawur qilinadi. Bunday holat yuqorida aytilgan «iste’mol tovarlari qancha ko’p bo’lsa — shuncha yaxshi bo’ladi», degan fikrga, taxminga qarama-qarshi. Chunki D dagi tovarlar to’plami ko’p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyim-
Do'stlaringiz bilan baham: |