Bozor iqtisodiyoti — faqat bozor bahosi, ya’ni erkin baho bilan nazorat qilinadigan, boshqariladigan, tartibga solinadigan iqtisodiy tizim va bozor munosabatlariga asoslangan xo‘jalik hayotining tashkil etilishi, tuzilishi va holatidir.
Bozor munosabatiari — tovar muomalasi, ya’ni pulni tovarga va tovarni pulga ayirboshlash yo'li bilan ishlab chiqamvchilarni manfa- atdorligiga asoslangan iqtisodiy munosabatlardir. Bozor munosabatiari uchun ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligi, raqobati ularni iste’mol- ga yunaltirilishi, bahoni erkin shakllanishi xarakterlidir (xosdir)I.
Bozor iqtisodiyotining asosiy qotiuni ayirboshlash jarayonida namoyon bo'ladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, bunda tovar- larning ayirboshlash ularning foydaliligi asosida amalga oshiriladi. Agar tovarni ishlab chiqaruvchi unga tovarning qiymatidan kam mablag1 sarflagan bo‘lsa, u qo'shimcha foyda ko‘rishi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi korxona mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini bosliqa shunday mahsulotni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan oshirib yuborgan bo’lsa, bunday korxona raqobat qonuniga ko’ra zarar ko‘radi. Shuning uchun ortiqcha xarajatlar hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bozorda o‘tmaydi, chunki uning narxi boshqa xuddi shunday tovarga nisbatan yuqori qo‘yilgan bo'ladi. Korxona shu tovarni bozor ko‘taradigan past narxda sotadigan bo'lsa zarar ko'radi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini bozorda sotib foyda ko'rishlari uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borishlari zarur. Demak, bozor qonunlari xarajatlarning kamaytirilishini rag‘batlantiradi. Xarajatlarni kamay- tirish uchun yangi texnologiya yoki fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini topib, ishlab chiqarishga joriy etishlari zarur.
Umuman iqtisodiyot quyidagi turlarda bo‘ladi:
Pozitiv iqtisodiyotga;
Normativ iqtisodiyotiga;
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotga;
Aralash iqtisodiyotlarga bo‘linadi.
Pozitiv iqtisodiyot.
U iqtisodiyotning bor bo‘lgan (bo'Iadigan) haqiqiy holatini o‘rganadi va subyektiv ravishda iqtisodiyotga baho berishdan ozoddir. Masalan, agar «ishsizlik 7%ni tashkil etdi», «boshqa sharoitlar o‘zgar- maganda agar o’qish narxi oshsa, universitetga kirib o‘qiydiganlar soni kamayadi» deb uqdirilsa, bu pozitiv fikrlash bo‘ladi. Pozitiv iqtisodiyot bilan ishlagan iqtisodchilar o'zlarini boshqa fan sohalarida ham bilag'on deb hisoblaydilar. Ayrim masalalarda ular munozara yuritib, talashib-tortishadilar. Natijada fikrlar keyingi ilmiy izlanish- larda isbotlanadi, o‘z tasdiqini topadi. Nobel mukofoti ham pozitiv iqtisodiyotdagi yutuqlar uchun beriladi.
Normativ iqtisodiyot.
U subyektiv, shaxsiy fikrlashlar asosida ma’lumotlar beradi, nima bo‘lishi kerakligini ko'rsatadi. Yuqoridagi fikrni ishlatadigan bo‘lsak, bu yerda u quyidagicha bo‘ladi:
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti.
U bunday tuzumni markazlashgan rejalashtirish yo‘li bilan barcha moddiy resurslarni ijtimoiy mulkka asoslanishi va iqtisodiy qarorlarni jamoa tomonidan qabul qilinishini ifodalaydi.
Ma’muriy buyruqbozlik ishlab chiqarish va iste’mol to‘g‘risidagi barcha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi. Ma ’типу iqti- sodiyotda davlat nimani, qancha va kimga ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Resurslarni tarmoqlar o'rtasida ham davlat taqsimlaydi.
Aralash iqtisodiyot.
U ma’muriy iqtisodiyotning aksi — erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyotida resurslarni taqsimlanishida davlat hech qanday rol 0‘ynamaydi. Bunday tuzumda iqtisodiy qarorlar uy xo'jaliklari, korxonalar tomonidan ularning bozordagi o’zaro aloqa- dorligi, bir-biriga ta’siri jarayonida davlat aralashuvisiz qabul qilinadi. Bozor iqtisodiyotida har bir individ, xo'jalik, o‘zining shaxsiy manfaatdorligiga asoslanadi, o‘zining turmushini yoki ishlab chiqarish ahvolini davlat aralashuvisiz yaxshilashga harakat qiladi. Aralash iqtisodiyotning mohiyati jamiyat iqtisodiy hayotini yaratish, tartibga solishning ikki xil prinsiplari, xususan, shaxsiy va umumdavlat manfaatlari, erkin bozor, raqobat, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini birgalikda va bogliq ravishda amal qilishlaridadir. Xuddi ana shunday bog‘liqlik hozirgi iqtisodiyotning yuragi hisoblangan fundamental bog'liqlikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |