Iqtisodiy aloqalarga kirishishiga qarab - erkin bozor, mono- pollashgan bozor, monopol-raqobatli bozor, oligopolistik bozor, sof monopoliya bozori turlariga bo'linadi.
Hozirgi zamon bozori jamiyatning obyektiv rivojlanishdagi harakati, o‘z-o‘zini ijtimoiy jihatdan tartibga solishi va davlat yo‘li bilan boshqarib turiladi. Bozor iqtisodiyoti — bu iqtisodiy tizim, bunda barcha munosabatlar ayirboshlash munosabatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bozor munosabatlari tovar ishlab chiqarishning shakllanishi bilan birga paydo bo'ladi. Uzoq davrlar mobaynida bozor munosabatlari, uning chegaralari, mohiyati va vazifalari o'zgarib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida arnal qilib keladi. Shu vaqt orasida rivojlanib, jamiyatni o‘zgarib turadigan hayotiga moslashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |