Demak, bozorning amal qilishi bozor mexanizmining asosiy elementlari baho, talab va taklifga bo‘ysunadi. Turli xil tovarlarga boMgan talab va taklif faqat bozorda shakllanadi. Taklif ishlab chiqarishning imkoniyatlari bilan belgilanadi, talab esa shu tovarga bo'lgan zaruriyat, uni xarid qilish uchun haq to‘lash imkoniyatlari bilan shakllanadi. Har qanday tovarga zaruriyat bo'lsada, pul boTmasa uni xarid qilish mumkin emas, demak, talab ham boTmaydi. Talab va taklifning nisbatiga qarab bahoning darajasi belgilanadi. Lekin baho
darajasiga o‘z navbatida talab va taklif ham bog‘liq. Bozor qandaydir yoMlar bilan ular o‘rtasida muvozanat o‘matadi, baho talab va taklifni tartibga soladi. Bozor ishlab chiqarish va taklif sohasini o‘z ichiga oladi. Demak, bozor mexanizmining asosiy elementlari o'rtasida turli xil omillarning murakkab ichki bog'liqligi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |