0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 1,69 Mb.
bet107/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   288
Soliqlarni yuklash nazariyasining asoschisi ingliz faylasufi Djon Lokk (1632—1704-yillar) hisoblanadi. U hamma soliqlar oxir oqibat- da yer egasiga tushadi, degan xulosaga kelib, bu muammoni hal etish uchun bir necha usullarni taklif qilgan. XIX asr oxirlarida Kolumbiya universitetining professori Edvin Seligmen (1861 — 1939-yillar) o‘zi- ning «Soliqlarning yuklanishi va tushishi» (1892-y.) nomli kitobida soliqlar yuklanishining asosiy tartibini bayon qiladi va ularning ikki turini ko‘rsatadi. Sotuvchidan xaridorga o‘tishi (egri soliqlar qo‘llan- ganda ro‘y beradi) va xaridordan sotuvchiga o‘tishi (egri soliqlar ba’zi tovarlar narxlari stavkalari yuqoriligi uchun juda baland (masalan, aksiz solig‘i), bu esa tovarga bo‘lgan talabni sezilarli darajada cheklab qo‘yadi). Soliqlarning yuklanishi muammosi hozirga qadar ham o‘z yechimini topgani yo‘q. Amerikalik iqtisodchilar K.Makkonel va

S.Bryularning fikrlariga ko‘ra: «Soliqlar har doim ham soliqqa tortilishi


lozim bo'lgan manbalardan kelib chiqmaydi. Ba’zi bir soliqlar

yuklanishi mumkin. Shu sababli, soliqlarning asosiy turlari yuklanishi mumkin bo‘lgan sohani va soliqlar ko'chib o‘tadigan so‘nggi nuqtasini aniqlash kerak. Boshqa G'arb iqtisodchilari R.Masgreyv va D.Min- zaning fikrlariga ko‘ra, kapitalistlar to‘laydigan soliqlarning 30 foizdan 50 foizgachasi iste’molchilarga yuklanadi. Soliqlarni yuklanishi muammosi hozirgi paytda 0‘zbekistonda ham dolzarb hisoblanadi, chunki respublikamiz davlat budjeti daromadlarining yuqori qismi egri soliqlar hisobiga shakllantirilmoqda. Bu esa soliqlarning asosiy og‘irligi tovar, ish, xizmatlarning iste’molchilari zimmasiga tushayotganligidan dalolat beradi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliqlar mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri sifatida yuzaga chiqmoqda. Soliq tfzimi haqida gap borganda ko‘pincha uning barqaror yoki nobarqaror ekanligi ta’kidlanadi. Soliq tizimining barqaror yoki nobarqarorligi bir tomondan davlat budjetini daromad manbasini shakllantirish, ikkinchi tomondan soliq yoki xo'jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo'ymasligi zaruriyati bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda mustaqil soliq tizimini shakllantirish borasidagi tadbirlar boshlangandan shu kunga qadar bosqichma-bosqich keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildiki, bugungi kunga kelib ushbu islohotlarning samarasi o‘laroq, nisbatan barqaror soliq tizimi muayyan darajada shakllantirildi. Ammo, mazkur jarayon muayyan qiyinchilik va qulayliklar asosida yuz berayotganligini e’tirof etish lozim. Chunki, respublikamiz iqtisodiyoti tarixida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi soliq tizimi mavjud bo‘lmagan. Shundan kelib chiqib malakali kadrlar bilan ta’minlanmaganlik, me’yoriy hujjatlardagi noaniqliklar kabi muammolar bilan bir qatorda soliq madaniyatining yetarli darajada emasligini ham ta’kidlash o‘rinlidir.

Shuning uchun mamlakat soliq tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish bilan birga soliqlar soliqqa tortish borasidagi klassik va zamonaviy soliq nazariyalarini o‘rganish ahamiyatga molikdir.

Hozirgi paytda mamlakatimiz soliq tizimida yagona soliq nazariyasi g‘oyalarini ifodalovchi bir nechta soliq turlari amal qilmoqda. Yagona soliq turlarida soliqqa tortish obyekti qilib turli xil kategoriyalar qabul qilingan, masalan, yalpi tushum, yalpi daromad, yer maydoni kabilardir. Respublikamiz soliq tizimida amal qilayotgan yagona soliq turlariga kichik korxonalar uchun yagona soliq, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushumdan yagona soliq, lote- reyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi yuridik shaxslar uchun yalpi tushumdan yagona soliq va shu kabilarni qayd etishimiz mumkin.



    1. Davlat soliq siyosatining xususiyatlari va ularni soliq yukiga ta’siri

0‘zbekiston Respublikasi davlati o’zining mustaqil soliq siyosatini yuritishda 0‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida belgilangan soliqqa tortish tamoyillariga va soliqqa tortish nazariyasida nazarda tutilgan qonuniyatlarga rioya etishga, jahon soliqqa tortish amaliyotida yuri- tilayotgan soliq siyosati yo'nalishlarini ham e’tiborga olishga harakat qiladi. Shuningdek, respublikamiz iqtisodiyotining o‘ziga xosligi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish ustuvor yo'na- lishlari hamda iqtisodiy siyosatning joriy va pirovard vazifalaridan kelib chiqib soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir.

Bizning respublikamizda hozirgi paytda soliq siyosatining quyidagi asosiy yo‘nalishlarini yoki tendensiyalarini kuzatishimiz mumkin:



  1. Soliqqa tortishni tashkil etishda fiskallikka yuqori darajada e’tibor berilishi;

  2. Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;

  3. Soliqqa tortish tizimini soddalashtirish;

  4. Resurs soliqlarining ahamiyatini oshirib borish;

  5. Egri soliqlar ulushining ko'payib borishi va ular vositasida iste’mol darajasini boshqarish siyosatining olib borilishi;

  6. Budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar rolining oshishi;

  7. Soliqlar vositasida proteksionizm siyosatining yuritilishiga katta e’tibor berilishi.

Soliq siyosatining samarali bo'lishi iqtisodiy siyosatning nechog'li mukammal yuritilishiga bog‘liqdir. Shu tufayli, iqtisodiyotni bosh­qarish mexanizmidagi ba’zi muammolar ustida to'xtalib o'tish joiz. Respublikamiz iqtisodiyotining hozirgi bosqichi iqtisodiy tartiblashda bozor mexanizmi qoidalarining hamon to‘liq joriy etilmayotganligi va davlat mexanizmi mavqeining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Iqtisodni tartiblashning bozor va davlat mexanizmidan foydalanishning hozirgi davr uchun eng optimal darajasi muvofiqligini ta’minlash lozim. Bozor mexanizmini ishlashini kengroq joriy etish lozim. Lining ishlashiga xalaqit beruvchi quyidagi muammolar quyidagilar:

  • davlatning iqtisodiyotni boshqaruvchilik faoliyati doirasi ancha keng, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni esa ancha sust bormoqda;

  • baho mexanizmi talab va taklif asosida emas, ko'proq narxlarning davlat tomonidan boshqarilishi orqali shakllanadi. Bu asosan soliqlar va xarid narxlarning o'rnatilishi orqali amalga oshirilmoqda;

  • davlatning iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari yuqori;

  • asosiy yirik investitsiyalar davlat investitsiya dasturlari davlat korxonalari orqali amalga oshiriladi;

  • soliqlarning fiskalligi kuchli;

  • xususiy sektor ulushining kamligi, davlat monopoliyasining yuqoriligi va raqobatning yo‘qligi;

  • xo'jalik subyektlarining to‘liq mustaqil emasligi va davlat nazorat organlarining makroiqtisodiy darajada aralashuvining kuchliligi;

  • tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish past darajadaligi va uni rivojlantirish uchun tegishli iqtisodiy shart-sharoitlarning amalga oshirilmayotganligi;

  • mamlakat tashqi savdo balansida eksport bo‘yicha xomashyoning (paxta, neft, gaz) va import bo‘yicha asosiy davlat korxonalariga (avtomobilsozlik, samalyotsozlik, mashinasozlik, ximiya sanoati) mashina va uskunalar ustunligi.

Demak, davlatning iqtisodiy siyosat sohasidagi vazifasi aynan shu kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Respublikamiz soliq siyosatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, undirilayotgan soliq va yig‘imlar miqdorida egri soliq­larning, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning daromad olish darajasiga bog‘liq bo'lmagan soliqlarning va budjetdan tashqari jamg'armalarga ajratmalaming ulushi keskin ko'paymoqda. Bu holat esa mamlakatda umumiy daromadlilik darajasining pastligidan, binobarin, iqtisodiy rivojlanish darajasining tushkunligidan dalolat beradi. Davlat soliq siyosatining dolzarb vazifasi egri soliqlar ulushini kamaytirishning iqtisodiy choralarni ko'rishdir.

0‘zbekiston soliq siyosatini yuritishda bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolar quyidagilardan iborat:


  1. Tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy erkinlashtirish va ular faolligini oshirishda soliqlardan samarali iqtisodiy vosita sifatida foydalanmaslik;

  2. Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot, ish, xizmatlar narxlarining shakllanishida soliqlar asosiy rol o‘ynayotganligi;

  3. Soliq imtiyozlarining mukammal taqdim etilmasligi oqibatida soliqdan qochish hollarining yuz berishi yoki mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarning nihoyatda chegaralanganligi;

  4. Xususiy korxonalarda soliq yukining real darajada pasaytirish imkoniyatlari kamligi;

  5. Soliq bazasini sun’iy ravishda ko‘paytirish siyosatini olib bo- rilishi, soliq bazasiga kiruvchi elementlarni ko'paytirish;

  6. Soliqlar va budjetdan tashqari jamg'armalarga ajratmalarni ko‘pligi tadbirkorlikni olib borishdan cho‘chitadi. Daromadga ega bo'lish minimum darajaga olib boradi;

  7. Soliqqa tortish sohasida o‘zgarishlarning nihoyatda ko'pligi;

  8. Soliqlar bo'yicha me’yoriy hujjatlarda berilgan ayrim tushun- chalarning aniqmasligi yuzaga kelayotgan holatlarga to‘liq javob bera olmasligi;

  9. Soliq to'lovchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq muammolar;

  10. Soliqlar va budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo'yicha boqimandalik holatining ko'pligi va boshqalar;

  11. Soliqlar va boshqa iqtisodiy hamda ma’muriy mexanizmlar orqali milliy ishlab chiqarishni rviojlantirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratmasdan turib proteksionizm siyosatining olib borilishi ayrim salbiy oqibatlarga, shu jumladan, bojxonalarda soliqlar va bojxona bojlaridan to'lovlarning budjetga to'liq to'lanmayyotganligi holatlari mavjudligi va boshqalar.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat tomonidan bosh- qarishni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona soliq siyosatini yuritish orqali soliq tushumlarini ko'paytirish, xo'jalik subyektlariga nisbatan soliq yukini pasaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.

Biz iqtisodiyotni yuksaltirishning hamda soliq tushumlarini ko'pay- tirishning asosiy yo‘li — bu ishlab chiqarishni rivojlantirishda degan fikrni asos qilib olgan holda, shu sohaga salmoqli darajada soliq imtiyozlari taqdim etish va soliq yukini kamaytirish tarafdorimiz. Ammo aynan qanday ishlab chiqarishni rivojlantirishdan boshlash kerak degan savolga javob berish zarur. Jahon iqtisodiy amaliyot tajribasiga ko‘ra iqtisodiyotni industrilashtirishni ikki xil yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:



  • katta kapitalni investitsiya qilishni talab etuvchi ishlab chiqarishni (po'lat quyish, mashinasozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik) rivojlantirish;

  • mahalliy resurslardan foydalanishga asoslangan hamda mehnat sig'imi yuqori bo'lgan ishlab chiqarishni rivojlantirish. Bunday ishlab chiqarish asosan o‘rta va kichik korxonalar zimmasiga yuklatiladi.

Ikkinchi yo'l rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, res- publikamiz iqtisodiyoti uchun qulaydir. Chunki bunday davlatlar uchun arzon ishchi kuchining ko'pligi va kapitalning ozligi xosdir. Soliq tushumlarini ko'paytirish, aholi asosiy qismining moddiy turmushini yaxshilash, o'rta va kichik biznesni rivojlantirish, chet el valutasiga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish nuqtai nazaridan ham olib qaraydigan bo'lsak, ikkinchi yo‘1 ma’quldir.

Soliq siyosatini yuritishdagi eng asosiy muammolardan biri — bu soliqlarning fiskalligi juda yuqoriligidadir. Soliq fiskalligini pasaytirish yo‘llaridan bin esa davlat xarajatlarini pasaytirishdir, davlat budjeti miqdori. Bunday xarajatlar respublikamizda YAIMga nisbatan 40,l%ni tashkil etadi. Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, bu nisbatan katta ko'rsatkich hisoblanadi. Davlatning iqtisodga aralashuv xara­jatlarini ham qisqartirish lozim. Chunki soliq yukini oshiruvchi, milliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlarining qoMIanishiga to‘siq bo‘luvchi omillardan biri davlatning iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan ayrim investitsiya (shu jumladan noishlab chiqarish investitsiyalarining) dasturlarining iqtisodiy rivojlanishning hozirgi davri uchun eng muhim emasligi oqibatida moliyaviy resurslarning samarasiz ishlatilishidir. Bundan tashqari, butun dunyoda davlat eng samarasiz investor deb tan olingan. Bizning davlat ham bundan mustasno emas. Respublikamizda ham davlat investitsiyalari asosan yuqorida ko'rsatilgan kapital sig'imi yuqori bo'lgan sohalarga sarflanmoqda. Bu esa ularning daromadliligini chegaralaydi, binobarin, davlatning yordamisiz ularning kelajagiga ishonch yo‘q. Davlat subsidiyalari esa soliq yukini oshiradi va davlatning valuta zaxiralarini kamaytiradi. Xo'sh, bu sohalarning iqtisodiy samarasi, iqtisodiyot va jamiyat uchun iqtisodiy ahamiyati bunday xarajat uchun arziydimi. Bizningcha, bu savolga ijobiy javob berish mumkin emas. Industrlashtirish samarali bo‘lishi uchun, u awalo, milliy xomashyo bazasida rivojlanishi, daromadliligi yuqori bo‘lishi, ishsizlikni kamaytirishi, aholining moddiy farovonligini oshirishga xizmat qilishi lozimdir.




Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish