3-chizma. Korxonalarning iqtisodiy mohiyati.
Korxona javobgarligi qonuniy va me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan. Demak, xaridorlar ham, ishlab chiqaruvchilar ham, xomashyo sotuv- chilar ham o‘z faoliyatlarida erkindirlar. Shunday ekan, nima uchun iqtisodiyot betartib rivojlanib ketmaydi degan savol tug'iladi. Bunga sabab bozor qonunlarini amal qilishidir: talab va taklif qonuni, raqo- bat, pul muomalasi, tovarlarning qimmati, foydaliligi va boshqalar.
Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchi (yoki ta’sis etuvchilar) tasdiqlaydi. Korxona ustavida qo‘yida- gilar belgilab qo‘yiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylash- ganligi, faoliyat turi va maqsadlari, boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va faoliyatini to‘xtatish shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |