Majburiyat nima?
Majburiyat - fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va boshqalar yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarining bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘Iadi.
Shartnomalar mahsulot yetkazib berish shartnomalariga, xizmatlar ko'rsatish bo‘yicha ijara shartnomalariga va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarga bo‘linishi mumkin. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli, 5 yilgacha) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin. Agar shartnomaning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u «bir yilga tuzilgan» deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |