Asosiy iboralar va tushunchalar
Bozor — bu tovar ayirboshlash sohasi bo‘lib, bunda tovarlarga boigan talab, taklif va ularning bahosi shakllanadi. Bozorning ama! qilishi ikki asosiy qonunga bo'ysinadi: qiymat qonuni, talab va taklif qonuniga.
Bozor iqtisodiyoti - bozor munosabatlariga asoslangan xo‘jalik hayotini ifodalovchi tashkilot, tizim va holat.
Bozor munosabatlari — tovar muomalasi, ya’ni tovarni pulga, pulni tovarga ayirboshlash yo‘li bilan ishlab chiqaruvchilami daromad olishdagi manfaatdorligiga asoslangan iqtisodiy munosabatlar. Bozor munosabatlari uchun tovar ishlab chiqaruvchilami mustaqilligi, erkinligi, bahoni erkin, ixtiyoriy shakllantirish, ishlab chiqaruvchilar raqobati, ularni iste’molchiga yo‘naltirilganligi xos bo'ladi.
Bozor konyukturasi - ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |