Maktabgacha ta’lim
yoshidagi boJalarni
axloqiy tarbiyalash
uslublari
l Axloqiy ongni shakllantirish uslublari. Axloqiy mavzudagi hikoya- axloqiy mazmundagi voqea-hodisalami yorqin emotsional bay on etilishi- dir, Hikoya bolal anting his-tuyg’ulariga ta'sir etib, ularga axloqiy me’yor va qoidalarni lushunish hamda o'zlashtirishga yordam beradi. Yaxshi bay-
109
on tavsifiga ega hikoya axloqiy tushunchalaming mohiyatini ochib berish- gagina xizmat qilib qoimay, balki tarbiyalanuvchilarda madaniy xulq-atvor qoidalariga ijobiy munosabatning vuzaga kelishiga xizmat qiladi. Axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bodib xizmat qiladi, bolaning xulq-atvor tajribasini kattalarniki asosida boyitadi.
Axloqiy tarbiya metodlari
10-rasm. Axloqiy tarbiya uslublari
Ushbu uslubning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
bolalarda ijobiy axloqiy hislarni uyg'ota olish, hikoya qahramon- lariga hamdardlik bildirish - yutugddan quvonib, muvafaqqiyatsizligiga birgalishib achinish;
bolalarga tushunarsiz bodgan ayrim axloq qoidaJarining jnazmunini ochib berish;
axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg'ulotlarda, sayrlarda, bo- lalaming o‘z hayoti bilan bogdiq bo'lgan fursatlarda ham foydalanish,
Axloqiy mazmundagi hikoya samaradorligini ta'miniash uchun quyi- dagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
Hikoya maktabgacha la'lim yoshidagi bolaning ijtimoiv tajribasi- ga mos kelishi lozim. Maktabgacha voshdagi bolalar uchun hikoyaning qisqa. emotsional, tushunarli bodishi maqsadga muvofiq.
Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo’rligida bay on qilinishi uning yaxshi idrok qilinishini ta’minlaydi.
Axloqiy mavzudagi hikoyaning yaxshi idrok qilinishi uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega.
110
Hikoyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona ba- yon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir xil ohangda hikoya qilish orqali bum amalga osliirib boTmaydi.
TushimlIrish uslubi esa, bolalarga ya.ngi axloqiy tushuncha, me’yor va qoidalarni bay on qilib berilayotganda ishlatiladi. Tush imt Irish kat- tal aiming jonli so'zi va namunasiga asoslaniladi. Masai an. ro‘paradan kclayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun biro z to'xtab u kishining yuziga qarab. kulimsirab “Assalomu alaykunv’ deyish, key in voTda davom etish kerak. Tushimtirish va koTsatish tabiiy boTmogVi lozim.
Axloqiy mavzudagi suhhatm maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalam- ing barcha guruhlarida qoTlash mumkin. Axloqiy mavzulardagi suhbat- lar orqali bolalar axloq me'yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllar- ■ ini egallabgina qolmay. shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi, Suhbat jarayonida bolalaiming axloqiy tajribalarini kengaytirib borish, xulqning axloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. Subbat vaqtida bolalar o’z fikrlarini erkin aytislilari- ga keng imkon berish lozim. Shunda ular har bir xatti -harakat larini ongli ravishda, axloq me'yorlari va qoidalari asosida bajarishga urinadilar.
Izohlash ~ tarbiyalanuvchilarga og‘zaki-emotsional ta'sir koTsatish uslubi. Milliv tarbivamizda mazkur uslub "‘ta’birlarnoq" tarzida ham ishlatiladi: fa'birlamoq - bolada. bolalar guruhida uchrab turuvchi xatti-harakat larni sifatlamoqdir. Tushuntirish va hikoyadan farqli ravishda izohlashning muhiin jihati biror yosh guruhi yoki alohida bolaga ta’sir etishga yo'nalganligidadir. Mazkur uslubni qoTlashda maktabgacha yosh guruhi va bolalar guruhining shaxsiy sifatlariga asoslaniladi. Maktabgacha yosh guruhida sodda izohlash koTinishidan foydalaniladi: "Mana hunday qilish kerak”, “hamma shunday qiladi” va boshqalar. Izohlash uslubi yangi axloqiy sifatlar yoki xulq-atvor shaldlarini shakllantIrish hamda tarbiyalanuvchilarda ma’lutn bir xatti-harakat]arga to'gTi muno- sabatni tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
Maktabgacha voshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda nasihat qilish muhim o’rin tutadi. Nasihat - sokin. xavrixoh vaziyatda bolani yaxshi yo'lga solish. ta'lim berishmaqsadida aytilgan gap. inaslahat. pand. o'git. Aynan nasihat tinglash va unga rioya etish mazkur yosh guruhi uchun xosdir. Nasihat orqali bola psixikasiga tizimli ta'sir ko'rsatiiib, unda ma'lum bir faoiivat motiylari va ustanovkalar hosil qilinadi.
Ill
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy ongini shak- iantirishda ko!rsatma berishdan ham foydalaniladi. Ko'rsatmoq - bolaga, bolalarga o'rnak yoki ibrat olishlari yoki ularda yangi tushimeha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga diqqat-e’tiborlarini jalb qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |