0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIXALQ TA’LIMI VAZIRINING BUYRUG‘I Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash to‘g‘risida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga muvofiq Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash maqsadida buyuraman: Quyidagilar:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar 1-ilovaga muvofiq; xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslaridagi o‘quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tushuntirish xati 2-ilovaga muvofiq; ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan malaka oshirish kursining “0‘quv jumali” shakli 3-ilovaga muvofiq; elektron platforma orqali mustaqil ta’lim shaklida tashkil qilinadigan malaka oshirish kurslarida vebinar mashg‘ulotlarini qayd etish jumali shakli 4-ilovaga muvofiq; ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va belgilangan kreditlarni to‘plagan tinglovchilarga beriladigan ma’lumotnoma shakllari 5-ilovaga muvofiq; ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va belgilangan kreditlarni to‘plagan tinglovchilar ro‘yxati shakli 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Barcha shakllardagi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali rasmiylashtirilishi belgilansin.
Bunda, ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilariga quyidagi tartibda sertifikatni rasmiylashtirish amalga oshiriladi: malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchiga kurs yakunlangan kuni ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma (5-ilovadagi shaklga muvofiq) taqdim etiladi; ma’lumotnoma tinglovchi tomonidan uning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidagi shaxsiy kabinetiga yuklanadi; tinglovchining shaxsiy kabinetiga yuklagan ma’lumotnomasi asosida unga platforma tomonidan sertifikat shakllantiriladi; shakllantirilgan sertifikat tinglovchining shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi. Institut (A.Radjiyev) hamda Hududiy markazlar direktorlari xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilsin.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vaziming birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin
.0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2022-yi] dagi