0‘zbekist0n respublikasixalq ta’limi vazirining



Download 0,73 Mb.
bet2/7
Sana01.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#625515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
89 b

fod -son buyrug‘iga 1-ILOVA
Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish TALABLARI 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Talablar 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 28-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 8-sonli bayoni, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari (A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari, malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari)da xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish talablarni belgilaydi.

  2. Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

  3. Kursning yo‘nalishi, xodimning kasbiy faoliyati va dars beradigan fanidan kelib chiqqan holda o‘quv mashg‘ulotlari uchun tegishli sharoitlaming mavjudligi malaka oshirish kurslarini tashkil etishning zaruriy sharti hisoblanadi.

  1. bob. Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun talab qilinadigan sharoitlar

  1. Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  1. tashkiliy-boshqaruv faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:

ta’lim tashkilotining tasdiqlangan guvohnomasi va Ustavi, Ustavda ta’lim xizmatlari faoliyatiga ruxsat berilganligi;
ilmiy-metodik kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi;
axborot resurs markazining mavjudligi;

  1. davlat ta’lim talablarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha:

kurslaming ishchi o‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturlarining tayanch o‘quv reja
va namunaviy o‘quv dasturlarga mosligi;
o‘quv-uslubiy ta’minotning (ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulot ishlanmalari) ishchi o‘quv reja va dasturlarga muvofiqligi;

  1. moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha*:

dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalarining mavjudligi;
amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun maxsus xonalaming mavjudligi hamda ulami o‘quv-laboratoriya anjomlari va zamonaviy asbob- uskunalar bilan ta’minlanganligi (tabiiy fanlar yo‘nalishidagi kurslar uchun);
har birida 15 ta zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan kamida 2 ta xonaning mavjudligi (informatika va АКТ fani yo‘nalishidagi kurslar uchun);
xorijiy tillar bo‘yicha kurslami tashkil etish uchun nutq (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish) va til ko‘nikmalarini (grammatika, leksika va talaffuz) integrallashgan holda egallash imkoniyati bo‘lgan o‘quv xonasining mavjudligi;

  1. pedagog kadrlaming ilmiy-pedagogik salohiyati bo‘yicha:**

kurslarda dars beradigan o‘qituvchilaming kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi;
pedagog kadrlaming tayanch (qayta tayyorlash natijasidagi) ma’lumoti dars beradigan fani (o‘quv moduli)ga mos bo‘lishi;

  1. malaka oshirish yakuni bo‘yicha ma’lumotnoma va sertifikatlaming rasmiylashtirilishi va berilishi bo‘yicha:

ma’lumotnomalar va sertifikatlaming berilishini qayd etish kitobining mavjudligi (agar ular elektron shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa).
Izoh:
* O'quv xonalarining jihozlanishi “Oliy ta’lim muassasalarini loyihalash, qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilishga qo'yilgan gigiyenik talablar” №0330-16-sonli SanQvaM asosida amalga oshirilgan bo‘Lishi kerak. '
АКТ va informatika xonalari ''O'zbekiston Respublikasidagi o'quv-tarbiya muassasalari kompyuter sinflarini tashkil etish, jihozlash va ish tartibiga qoSilgan sanitariya qoidalari" № 0303-12-sonli SanQvaM asosida tashkil etilishi lozim.
** Malaka oshirish kurslarida dars mashg'ulotlarini olib borishga jalb qiiinadigan pedagog xodimlaming malaka saviyalari 0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazilining 2019-yil 7-dekabrdagi 393-son buyrugM bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga mos lavozimga qoSilgan talablarga to*g*ri kelishi lozim.

  1. bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Mazkur talablar ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarini “Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari reyestri”ga kiritishda inobatga olinadi.

0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2022,yjl “£6”-тМ:74 dagi И -son buyrug’iga
2-ILOVA
Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslaridagi o‘quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tushuntirish xati
Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorlari bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”ga binoan tashkil qilinadi. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirish kurslarining tayanch o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlari 0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 28-iyundagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 193-son hamda 2022-yil 20-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 18-son buyruqlari bilan tasdiqlangan.
Tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va namunaviy dasturlar kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslari uchun 36 soat, rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish kurslari uchun 30 soatga mo‘ljallangan. Mazkur kompetensiyaviy yondashuvga asosan o‘quv rejalari va dasturlari xalq ta’limi muassasalari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarining umumiy va xususiy kompetensiyalariga mos yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv modullaridan iborat tarzda shakllantirilgan. Namunaviy o‘quv dasturlari tayanch o‘quv rejaga kiritilgan o‘quv modullari kesimida ishlab chiqilgan va tegishli kompetensiyalar bo‘yicha ta’lim mazmunini shakllantirish imkonini beradi.
Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlarini tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va dasturlarga asoslangan holda tashkil etish quyidagi tartibga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:

  1. Tayanch o‘quv rejasi va namunaviy dastur asosida malaka oshirish ta’lim tashkiloti har bir kurs uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ishchi o‘quv rejasi va ishchi o‘quv dasturini tuzadi. Bunda:

  • o‘quv reja va namunaviy dasturlardagi o‘quv modullarining nomlanishini, shuningdek, ularga ajratilgan soatlar miqdorini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

  • o‘quv modulining umumiy soatlar hajmini saqlab qolgan holda uni har biri kamida 1 soatlik bir-nechta mavzulardan iborat tarzda shakllantirish mumkin;

  • o‘quv rejada mashg‘ulot turlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi negizida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari uchun vebinar va videodarslar tarzida, boshqa shaklda tashkil etiladigan kurslar uchun mos ravishda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tarzida belgilanishi mumkin;

  • ta’lim mazmunini tinglovchilaming ehtiyojlariga asoslangan holda shakllantirish maqsadida o‘quv modullariga kiruvchi mavzulami (o‘quv moduli mazmuniga mos boshqa mavzular bilan) qisman o‘zgartirgan holda, turli ishchi o‘quv reja va ishchi dasturlar tayyorlanishi mumkin.

  1. Chet tili va axborot texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar 10-13 nafargacha tinglovchi bo‘lgan kichik guruhlarda o‘tkaziladi.

  2. Nazariy (vebinar, ma’ruza) mashg‘ulotlami 2 va undan ortiq guruhlami birlashtirib o‘tilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, professor-o‘qituvchining o‘quv yuklamasiga faqat bitta guruh uchun mazkur ma’ruzaga ajratilgan dars soati miqdori yoziladi.

  3. Yangi tayanch o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlari kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab bergan bo‘lib, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab o‘quv modullari yaratilishi mumkin.

  4. Har bir dars (bir juft akademik soat) mashg‘ulotida unda ishtirok etgan tinglovchiga mazkur dars uchun belgilangan miqdordagi kredit balli (1 ball) professor-o‘qituvchi tomonidan “0‘quv jumali”da qayd etiladi.

  5. Dars mashg‘ulotida ishtirok etmagan tinglovchiga “0‘quv jumali”ning tegishli katakchasiga professor-o‘qituvchi tomonidan “y” (yo‘q) belgisi qo‘yiladi.

  6. Malaka oshirish kursidagi dars mashg‘ulotlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan tinglovchiga tegishli darsda o‘tilgan materialni mustaqil o‘zlashtirish va topshiriqlami bajarish orqali qoldirilgan darslar uchun belgilangan kreditlami to‘plash imkoniyati beriladi.

Dars mashg‘ulotlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan tinglovchi tomonidan tegishli darsda o‘tilgan materialni mustaqil o‘zlashtirib, topshiriqlami bajarilgani holati “0‘quv jumali”ning tegishli qismida qayd etiladi.

  1. Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi negizida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari uchun vebinar mashg‘ulotlari har bir kurs bo‘yicha har oyda kamida bir marta tashkil qilinadi. Vebinar mashg‘ulotlari elektron platformadagi tegishli kursning boshlanishi bilan tashkil etiladi va yilning oxirigacha davom etadi. Tegishli kurs bo‘yicha platformada o‘qiyotgan barcha tinglovchilar o‘qishni yakunlagan kunidan boshlab mazkur kurs bo‘yicha vebinar mashg‘ulotlari to‘xtatiladi. Bunday hollarda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan malaka oshirish tashkilotlariga tegishli mazmunda xat yuboriladi.

  2. Mazkur tushuntirish xati 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga to‘g‘ri va samarali amal qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

0‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2022-yiJ, “Jj ”-тШ dagi АЧ -son buyrug‘iga
3-ILOVA

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish