0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI (ta’lim muassasasi) (malaka oshirish yo‘nalish nomi) Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan malaka oshirish kursining GURUH JURNALI Guruh raqami № Kurs boshlandi 2022-yil “ ” dan Kurs tugadi 2022-yil “ ” gacha Toshkent-202
2Guruh jurnali o‘quv reja va dasturlarning bajarilishini aks ettiruvchi, o‘quv mashg‘ulotlarini hisobga olish bo‘yicha asosiy hujjat hisoblanadi.
Guruh jurnali bitta guruh (guruh) uchun moMjallangan bo‘lib, uning bosh sahifasi va 1-betlariga ta’lim muassasasining to‘liq nomi, ta’lim muassasasi rejasida ko‘zda tutilgan, vazirlik tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish yo‘nalishining nomi to‘liq yoziladi.
3.0‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi xodimi guruhda mashg‘ulot o‘tuvchi professor-o‘qituvchilarga guruh jur.ialini yetkazadi va ularga darsdagi davomat, o‘tilgan mavzuni o‘z vaqtida jurnalda qayd etilishi, jurnaldagi belgilangan kataklarga shaxsiy imzo qo‘yishlarini eslatadi. Jurnaldagi barcha yozuvlar siyohli yoki havorang sharikli ruchkada aniq va ehtiyotkorlik bilan yozilishi shart. Hech qanday o‘chirib yoki bo‘yab tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar xato bo‘lsa, ustiga qizil sharikli ruchkada chiziladi va yoniga to‘g‘ri yozuv kiritiladi. Mazkur tuzatishlarga mashg‘ulot o‘tuvchi professor-o‘qituvchi yoki o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan izoh berilib imzo qo‘yiladi. ,
Jurnalning 3-4-betlarida guruhdagi tinglovchilar haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Jurnalning 5-betida tinglovchilar haqidagi ma’lumotlar malaka oshirish ta’lim tashkilotining tinglovchilarni kursga qabul qilish to‘g‘risida buyrug‘idagi tartib bo‘yicha yoziladi.
Tinglovchilarning mashg‘ulotlardagi davomati va to‘plagan krediti quyidagicha qayd etiladi:
-agar tinglovchi mashg‘ulotda qatnashayotgan bo‘lsa, u holda guruh jurnaliga mazkur dars uchun belgilang. лmiqdordagi kredit balli (bir juft akademik soatga 1 ball) faollik uchun qo‘shimcha ballarni (agar bo‘lsa) hisobga olgan holda professor-o‘qituvchi tomonidan qayd etiladi; - agar tinglovchi mashg‘ulotda qatnashmayotgan bo‘lsa, u holda “y” (yo‘q) belgisi qo‘yiladi. 8.0‘quv modullari bo‘yicha barcha o‘tilgan mavzular mashg‘ulotlar jadvali asosida 6-betlarda ketma- ket ravishda yoziladi. Mazkur sahifada faqat o‘tilgan mashg‘ulotlar (o‘quv rejadagi nazariy mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulotlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. Mashg‘ulot o‘tgan professor-o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni alohida ajratilgan kataklarga, aniq va tushunarli qilib yozishi, mashg‘ulot turi soatlarini to‘g‘ri qo‘yishi (1 juftlik 2 akademik soat hisoblanadi), tinglovchilarning darsdagi davomati va o‘tilgan mashg‘ulotni tasdiqlash maqsadida belgilangan katakka shaxsiy imzosini qo‘yishi shart.
Mashg‘ulotlar ikkita kichik guruhga bo‘lib, ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan dars mashg‘ulotlari alohida qatorlarda qayd etiladi.
Guruh yakunida 5-betga professor-o‘qituvchilarning mazkur guruhda bajargan o‘quv yuklamalari jurnalning 8-betidagi ma’lumotlar asosida to‘g‘ri va aniq aks ettirilishi lozim. Mazkur ma’lumot professor- o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Dars mashg‘ulotlarida uzrli sabablargako‘raqatnashaolmagan tinglovchi tomonidan tegishli darsda o‘tilgan materialni mustaqil o‘zlashtirib, topshiriqlarni bajarilgani holati “0‘quv jurnali”ning 7-betida qayd etiladi.
10-betga o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi vakilidan tashqari mazkur guruhda asosiy va qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarini olib borgan professor- o‘qituvchilar tegishli bo‘lgan kafedra mudirlarining ham imzolari olinadi.
Tinglovchilar tomonidan to‘plangan jami kredit ballari jurnalning 8-betida qayd etiladi.
Ta’lim muassasasi direktori, o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi xodimlari guruh jurnalining to‘g‘ri yuritilishini doimiy ravishda nazorat qilib boradilar.
Jurnalning to‘g‘ri yuritilishini o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi ta’minlaydi.