0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi



Download 85,37 Kb.
bet2/17
Sana31.12.2021
Hajmi85,37 Kb.
#200408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

Bayonni baholash mezoni:

T/r

Bilim, ko‘nikma, nialakalar

Mazmuni

Savodxonligi

1.

Reja mavzuga muvofiq tuzilgan, matn rnaz- nuini to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa; so‘z boyli- gi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talab- lariga mos boiib; mazmun va ifodada bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imloyoki ikkita ishorat xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa.

5 ball

5 ball




2.

Matn reja asosida yoritilib, so‘z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada kamchilik bo‘lib, savodxonlikda 2 imlo, 2 ishorat va ikkitagacha uslubiy xato mavjud bo'Isa.

4 ball

4 ball

3.

Mavzu to‘liq yoritilmagan, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa; aniq voqealar izo- hida nuqsonlarga yo'l qo‘yilgan bo‘lsa; so‘z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 taga- cha ishorat, 3 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.

3 ball

3 ball

.4.

Matn mazmuni ko‘p buzilgan bo'lsa; ish rejaga nios boMmasa, fikr bayoni va qurilishida kamchilik bo‘lsa, fikrlar bir- biriga bogManmasa; so‘z boyligi sayoz bo'Iib mazmun va ifodada 5-6 tagacha nuqsonga yo‘ 1 qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo'yilgan boMsa.

2 ball

2 ball

5

Me’yorlash «2» ball uchun belgilangan me- zondan oshsa.

1 ball

1 ball


Ijodiy bayon uchun matnlardan namuna

MUQADDAS BURCH

Bu dunyoda aziz-u mukarram etib yaratilgan inson boshqa mavju- dotlarga nisbatan ko‘proq tuhfaga ega. Ulardan biri har birimiz uchun ona sutidek muqaddas bo‘lgan ona tilimizdir. Hali murg‘aklik pay- timizdan boshlab bu tilda munis onalarimiz allasini tinglab, tilimiz tarovatini his etgan bo‘lsak ne ajab? Ulg‘aygan sayin olamni ko‘zimiz, ongimiz va tilimiz orqali anglay boshlaymiz. Tuyg‘ularimizni shu til yordamida ifoda etamiz. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, til - insoniylikning bosh fazilati. Unda millatning ruhi, butunligi namoyon, orzu-umidlari mujassam.

Hazrat Navoiy bobomiz tilimizning jonkuyar targ‘ibotchisi sifati- da uning dong‘ini dunyoga taratdi. Ona tilimiz dovrug‘ini asarlari orqali yetti iqlimga yoydi.

Alisher Navoiy ona tili boyligini shunday ta’riflaydi: ‘‘Tilimiz o‘n sakkiz ming olamdan boyroq boigan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritkichlaridan ham porloqroq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan go‘zalroq”.

Tildagi ravon fikr — millatning so'z boyligidan dalolat. O'zbek tili purhikmat, dono fikr va ifodalarga boy. Topib aytilgan o'zbekona lutf- dan ko’ra o'ktam va qaynoq so‘z bo‘lmasa kerak. Tilimizdagi lo'nda va pishiq iboralar esa har bir kishini hayratga solishi shubhasiz, tobo- ra ravnaq topaveradi. Muhimi ona tilimizga bo‘lgan munosabat faqat qonun va qarorlarda qolib ketmasligi, aksincha, mehr bo'lib jism-u jonimizni egallashi, ruhiyatimizga ko'chishi lozim. Ona tili hayot qadar muhim, jon qadar aziz. Uni doimo asrab-avaylash, qadrlash, avloddan-avlodga to’kin yetkazish muqaddas burchimiz.


Download 85,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish