48-umumiy o’rta ta'lim maktabida 1 oktabr –“O’qituvchilar va murabbiylar kuni “ umumxalq bayramiga tayyorgarlik va bayram munosabati bilan bajarilgan ishlar to’g’risida
M A ' L U M O T
Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida bu sharafli va mas’uliyatli kasb sohiblarini e’zozlash, ular mehnatini qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
29- sentabr kuni 48- umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-oktabr- “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati ”Ustozlar –yurtning eng aziz,eng ulug’ va mo'tabar kishilaridandir” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Maktab o’qituvchi va murabbiylarni ulug’lovchi, o’quvchilarni bilim va hunar sirlarini puxta egallashga da'vat etuvchi “Sizga ta'zim ustozlar”, ”Ustozlar –yurtning eng aziz,eng ulug’ va mo'tabar kishilaridandir”, ”A'lo mamlakatning a'lo farzandi –bilib qo’yki , sеni Vatan kutadi” kabi shiorlar bilan bеzatildi.
Bayram arafasida ko’p yillar ta'lim sohasida faoliyat yuritgan faxriy ustozlardan B. Tipashkin, O. Tipashkina, U. E. Yunusova, R. Y. Yusupova X.Sobirova, G.Axmеdova, M.Musaеva, M.Toirova, M.J. G’aniyeva, S.M. Obidov, D.O. Qurbonova, F.A. Agzamova, T.O’. O’rmonov, G.A. Finko, N.Isoqjonova kabi nafaqadagi pеdagoglar holidan xabar olinib, ular 45 000 so’mlik bayram sovg’asi bilan o’zlariga biriktirilgan sinf o’quvchilari hamda o’qituvchilari tomonidan tabriklandilar. Faxriy pedagoglarimiz maktab tadbiriga ham taklif etildi.
Maktab ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.A. Ikromova tadbir qatnashchilarini tabriklab, bugungi kunda ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Tadbir davomida maktabda faoliyat olib borayotgan ilg’or, tashabbuskor va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan o’qituvchilar maktab ma'muriyatining bayram sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek maktabda barcha sinflarda bayram sanasiga bag’ishlangan tarbiyaviy soat mashg’ulotlari bo’lib o’tdi.
Maktabda 4- “B” sinf rahbari S.Saydikarimova, 3-“B” sinf rahbari U.Xo’jamiyarova , 6-”A” sinf rahbari G. A. Xo’janazarova , 8 -”A” sinf rahbari N Sidikova tomonidan ochiq tarbiyaviy soatlar o’tkazildi.Ochiq tarbiyaviy soatlarda faxriy ustozlar ham ishtirok etdilar.
O’quvchilar o’rtasida “Mеning ustozim”, “Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim” mavzusida insholar, rasmlar tanlovi o’tkazildi. Insholar tanlovida 7-9 sinf o’quvchilari, rasmlar tanlovida 5-9 sinf o’quvchilari faol ishtirok etdilar. Insholar tanlovida 9 - “A” sinf o’quvchisi N.Zokirova , rasmlar tanlovida esa 9 -”A” sinf o’quvchisi Z.O’ktamova lar I o’rinni egalladilar.
Ha, ozod yurtimizda ustoz va murabbiylar xalqimizning yuksak e’zozidan ruhlangan holda yosh avlod kamoloti yo‘lida mehnat qilmoqda. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.
Tadbir yakunida o’qituvchilarga maktab o’quvchilari tomonidan ustozlarni ulug’lovchi kuy va qo’shiqlar ijro etildi. Ustozlarni tarannum etuvchi she’rlar, qiziqarli sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
48-maktab dirеktori: IKROMOV.I.I.
Toshkent viloyati xalq ta`lim boshqarmasi
Qibray tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli
48 –umumiy o’rta ta`lim maktabi
1 oktabr –“O’qituvchilar va murabbiylar kuni “ umumxalq bayramiga tayyorgarlik va bayram munosabati bilan bajarilgan ishlar to’g’risida
M A ' L U M O T
2011-2012-o’quv yili
Do'stlaringiz bilan baham: |