Oldi-sotdi shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovar (ish, xizmat) larni realizatsiya qilish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli hamda tartibi iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi. Tovarni kreditga sotish O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan tovarlarni kreditga sotish qoidalari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste’molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |