Ta’minotchini boshlang‘ich attestatsiyalash. Doimiy asosda tanlangan ta minotchiiardan mahsulotlarni katta hajmda qabul qilish haqida qaror qabul qilinishidan oldin ularning mahsuloti xilma-xil mezonlar asosida tekshirilishi kerak. Bunday tekshiruv mahsulotning murakkabligi, foydalanish uchun ahamiyatliligi, ishlab chiqarish texnologiyasining yangiligi va boshqalarga bog‘liq.
Tekshiruv jismoniy, funksional sinovlar, uzoq muddatga chidamlilik va foydalanishga yaroqlilik sinovlaridan o‘tkaziladigan bir nechta namunalarni taqdim qilish bilan boshlanadi. Bunday sinovlarning maqsadi ta’minotchining ma’qul sifatda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini aniqlash hisoblanadi. Ta’minotchining ishlab chiqarish imkoniyatlari ishlab chiqarishga olingan namunalar orqali asoslanilishi mumkin.
Namunalar ijobiy baholangandan so‘ng ta’minotchining ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishiga ruxsat beriladi. Buyum murakkab va yuqori narxda baholanadigan bo‘lsa, ta’minotchi jihozlar va ishlab chiqarish jarayonini o‘zgartirib, ishlab chiqarishdan so‘ng buyumni tekshirib, mahsulotning ko‘p bo‘lmagan partiyalarini yoki bitta buyumni ishlab chiqaradi.
Bu bosqichda ta’minotchi buyurtmachiga texnologiya va jihozlarni tekshirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonga yetarli darajada mas’uliyat bilan munosabatda bo'lmaslik ko‘p jiddiy muammolarning yuzaga kelishini keltirib chiqaradi. Jihozlar namunalarining soni yetarli darajada ko‘p bo'lishi va ishlab chiqarish jarayonida tasodifiy tanlanishi lozim. Jarayonning o'zgaruvchanligini aniqlashdan avval kamida besh-sakkizta namuna baholanishi kerak, biroq namunalarning katta miqdori jarayonlaming o'zgaruvchanligini aniqlashga imkon beradi. Istalgan vaziyatda buyurtmachi jihozlardan foydalanish tartibi va o'rnatilgan talablardan har qanday chetlanishlardan xabardor bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining texnologi kuzatish uchun asbob- uskunalar va jihozlaming namunalarini tasodifiy tanlab olishi kerak.
Yuqorida keltirilgan qoidalardan bittasining buzilishi buyurtmachining jihozlarni noto‘g‘ri baholashiga olib kelishi mumkin. Bu esa yirik ishlab chiqarish ta’minotlarida katta miqdordagi nuqsonlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ta’minotchi tomonidan ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan o‘nta avtomatdan bittasini tekshiradilar. Bu jarayonning o'zgaruvchanligini aniqlash uchun yetarli emas.
Ta’minotchining jihozlarini tekshirish natijalari tekshirilgan jihozlar yordamida qayta ishlangan detallar bilan birga buyurtmachiga yuborilishi kerak. Bu esa ushbu bosqichda tekshiruvning yetarli saviyada bo‘lishiga imkon beradi.
Hattoki buyurtmachining barcha ko'rsatkichlarning texnik hujjatlardagi talablarga muvofiqligini aniqlash jihozlarning modifikatsiyalanmasligini rad etmaydi. Masalan, ko'rsatkichning hamma o'lchamlari texnik hujjatlardagi talablarga javob berdi, biroq yo‘1 qo‘yiladigan chegaralardan biriga yaqin bo'ldi yoki ko‘rsatkichnig o‘lchamlari xilma-xil bo‘ldi va amalda qo'yimlar- ning butun oralig‘ini qamrab oldi. Ayni paytda ma’lumotlami tahlil qiUsh natijasida maqsadga muvofiq deb topilgan jihozlarning modifikatsiyasi qimmatga tushishi yoki muayyan qiyinchiliklami keltirib chiqarishi mumkin.
Agar bunday yechim tayyor mahsulotning funksiyasida salbiy jihatdan namoyon boimasa, buyurtmachining loyihachilari loyihaga sezilarsiz o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin. Istalgan holatda qabul qilingan namunalar ta’minotchining ommaviy ishlab chiqarishni boshlashga tayyorligini tasdiqlovchi dalillar hisoblanadi.
Ta’minotchining dastalanadigan buyumlari buyurtmachining ishlab chiqarish liniyasiga kiritilishi mumkin. Bunday vaziyatda detallaming katta miqdori puxta o‘tkaziladigan nazorat ostida buyurtmachining buyumlarida qo llaniladi, yakuniy mahsulotlar esa ular sifatining pasayish ehtimolini aniqlash maqsadida yakuniy sinovlar jarayonida tekshiriladi. Tajriba partiyalari buyurtmachining yig‘ma buyumlami ishlab chiqarishida, ayniqsa, ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan va dastalanuvchi buyumlardagi sezilarsiz o'zgarishlarni sezuvchan boisa, ishlab chiqarish jarayonidan ham o‘tishi mumkin.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish ta’minotlari boshlangandan keyin oxirgi baholash mezoniga tayaniladi. Bunday moijal nuqsonsiz mahsulotlar sonining dastlabki belgilanishidan keyin yoki bir necha oy o‘tishi bilan ta’minotchining berilgan buyumini «attestatsiyalash» shaklini oladi. Ta’minotchining attestatsiyasidan so‘ng buyurtmachi va ta’minotchi yanada kechiktirib boimaydigan muammolarga e’tibor qarata boshlaydilar. Tavakkalchilik jarayonning uzoq muddatli barqaror amal qilinishida emas, balki faqat buyurtmachi tomonidan dastalanuvchi buyumlami qabul qilish natijasida nazoratning sustlashishida namoyon boiadi. Yuqorida tavsiflangan jarayonning doimiy nazorati nihoyatda zarur hisoblanadi. Ta’minotchini attestatsiyalash jarayonning boshlanishi hisoblanadi.