Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ко rsatisn qoidalari to‘g‘risida ma’lumot. Ishlab chiqaruvchi o'z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko'rsatilgan bo'lishi yoki boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o'z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchiga xabar qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim. Bu ma’lumot savdo va xizmat ко rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko'chma do'konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko'rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilariga yetkazilishi kerak. Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko'rsatishning qoidalari to'g'risida to'liq ma’lumot