"Metod" va "metodologiya" tushunchalari
. Metod
(yunon. metods
—
usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy
faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega
—
faoliyatda qo
’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda,
siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki
metod nazariyasi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti,
ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini
asoslash
yo’llari,
bilimni
tajribaga
tatbiq
qilish
mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. Shuningdek,
metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi
ta’limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul,
harakat va bilim mezonlarining yig’indis
i hamdir. U
tamoyillar, talablar tizimi bo’lib, subyektni aniq vazifani
bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga
erishish sari yo’naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni
tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo’l bilan yetishishga
yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va
boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:
-birinchidan,
metod
va
metodologik
muammolarning
rolini
inkor
qilish
yoki
to’g’ri
baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiy
atini bo’rttirish,
mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy
yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik
eyforiya), deb tushunish noto’g’ridir.
Har qanday metod ma’lum nazariya asosida
yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon
bo’ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur
mazmun
va
mohiyatga
egaligi,
nazariyaning
fundamentalligi bilan asoslanadi. O’z navbatida, metod
mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi
va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning
ko’lami ham o’zgaradi.
40
2
1
6
Ijtimoiy bilish metodlari va metodologik muammolari.
, ijtimoiy bilishda inson o’z faoliyatining mahsuli,
amaliy faol jonzot bo’lgan o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish
subyekti bo’lgan inson shu tariqa uning obyektiga ham
aylanadi. Shu ma’noda ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy
o’zlikni anglash jarayonidir.
Bunda inson tarixiy rivojlanish
jarayonida yaratiladigan o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zi
uchun kashf etadi va o’rganadi.
Shu sababli ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning
o’zaro aloqasi murakkablashadi, bu yerda obyekt bir
vaqtning o’zida tarixiy ijod
subyekti hamdir.
Ijtimoiy bilishda hamma narsa va hodisalar inson
sohasida aylanadi: bilish obyekti
–
odamlarning o’zi va
ular faoliyatining natijalari, bilish subyekti ham insondir.
Bilish jarayoni shohidlarning guvohliklari, hujjatlar,
so’rovlar, so’rov
nomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat
qurollari va madaniy yodgorliklarisiz bo’lishi mumkin
emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum
darajada o’z ta’sirini o’tkazadi va uning o’ziga xos
xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy
bili
shda olimning grajdanlik pozisiyasi, uning ma’naviy
qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.
41
3
1
3
Strukturalizmning mohiyati nima ?
Strukturalizm (lot. structuma
–
tuzilish, joylashish,
tartib) -
G’arb falsafasining yangi yo’nalishlaridan biri.
Strukturalizm,
umumiy
falsafiy-epistemologik
tasavvurlar, metodologik mo’ljallar va o’ziga xos tahlil
birlashtiruvchi ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik,
etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya,
sosiologi
ya, falsafa)dagi yo’nalishlar majmui sifatida, XX
asr boshidan 40-yillargacha shakllandi.
Strukturalizmning
ko’pgina
g’oyalari
yuzaga
kelishiga turtki bergan mutafakkirlar qatoriga V.Gumboldt
(inson ongi dunyosini modellashtirishda tilning dinamik
roli), Ch.Pirs (semiotika asoschisi), E.Kassirer (inson xulq-
atvori va ongining shakllanishida til, mifologiya va san’at
simvolik tizimlarining roli)ni kiritish mumkin.
Strukturalizmning
asosiy
xususiyati
shundan
iboratki, uning tarafdorlari inson hissiy idrok etishi
mumkin bo’lgan barcha hodisalarga «fenomenlar», ya’ni
ichki, teran va shu sababli «noaniq» strukturalarning
sirtda
namoyon
bo’lishi
(manifestasiya)
sifatida
qaraganlar va ularni yoritishni o’z vazifasi deb
hisoblaganlar.
Bu vazifani hal qilishda strukturalizm pafosi ijtimoiy
fanlarga aniq fanlar maqomini berishga qaratildi.
Struktura tushunchasi strukturalizmning bosh
tushunchasi hisoblanadi. Struktura deganda turli ichki va
tashqi o’zgarishlarda har xil, ko’p variantli tushunchalar
majmui yoki, str
ukturalistlar ta’biri bilan aytganda, har
qanday diaxronik rivojlanuvchi tizimning sinxron qayd
etilishi tushuniladi. Strukturalizmda ko’pincha model
sifatida belgilanuvchi har qanday struktura uch zaruriy
shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo’ysuni
shi;
transformasiya
–
bir kichik struktura boshqa kichik
strukturaga yuzaga kelish qoidalariga muvofiq tartibli
o’tishi; o’zini o’zi tartibga solish –
mazkur tizimi doirasida
qoidalarning ichki tartibga solinishini qanoatlantirishi
lozim. Shunday qilib, struktura nafaqat obyektning
barqaror skeleti tarzida, balki rioya qilish bir obyektdan
ikkinchi, uchinchi va hokazo obyektlarni olish imkonini
beruvchi qoidalar majmui sifatida amal qiladi.
42
2
1
3
I Kantning falsafiy qarashlarini izohlab bering ?
Kant konsepsiyasi: «Sof aql tanqidi» (1781),
«Amaliy aql tanqidi» (1788), «Mulohaza yuritish
qobiliyatining tanqidi» (1790)da, shuningdek faylasuf
ijodining o’ziga xos sarhisobi sanaluvchi asar –
«Sof aql
chegaralarida din» (1793) kabi kitoblarida bayon et
ilgan.
Kant bilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan
iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch bosqich: 1) sezgilar
darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o’tadi.
Bilishning birinchi bosqichi -sezgilar darajasida
inson narsaning mavjudligini biladi, idrok yordamida uni
fikrlaydi. Narsani haqiqiy bilish aynan shu ikki bosqichni
sintez qilishni talab etadi. Idrok darajasidagi bilishning
quroli
–
kategoriyalar. Ular idrokka ichdan xos. Hodisalar
rang-barangligi
kategoriyalar
tizimida
aks
etadi.
Kategoriyalar yordamida inson bilimi tasodifiy empirik
emas, balki umumiy zarur, ya’ni ilmiy xususiyat kasb etadi.
Ilmiy bilim kategorial bilimdir. Biroq shundan so’ng Kant
subyektiv idealist sifatida mulohaza yuritadi: idrok tabiat
qonunlarini ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi.
Kant fikriga ko’ra, kategoriyalar birligi va ularning bilish
(sintez qilish) qobiliyati zamirida dunyoning obyektiv
moddiy
birligi
emas,
balki
o’zlikni
anglashning
transsendental birligi yotadi.
Idrok etish
–
bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning
kuchi uning sintez qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Biroq bu to’liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba
chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi. Biroq idrok o’z
chegaralarini o’zi bilmaydi. U doim
bu chegaralardan
chetga chiqadi, ya’ni hodisalar dunyosidan o’zidagi
narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq tajriba
chegaralarini tark etgach (shu tariqa idrok emas, balki
aqlga aylangach), u yechib bo’lmas ziddiyatlar sohasiga
tushib qoladi, uning mulohazalari esa muqarrar tarzda
xom xayolga aylanadi.
Aql
–
bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U
hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita
–
idrok orqali
bog’lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo’lsa
-da, idrokka
ko’p jihatdan yutqiza
di. U tajribaning mustahkam
zaminidan
ajralgach,
dunyoqarash
darajasidagi
savollarning birortasiga ham uzil-kesil
–
ha yoki yo’q deb
javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda
boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni
boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi yoki
dunyoda hyech qanday erkinlik mavjud emas, hamma
narsa tabiiy zarurat qonuniga ko’ra yuz beradimi? Xudo
bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan
bo’lardi. Aql esa bunday savollarni beradi, biroq ularga
javob topa olma
ydi. Uning da’volari imkoniyat darajasida
emas. Sof nazariy aql o’z mag’lubiyatini tan olishi lozim,
chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.
43
3
1
3
Antik dunyo falsafasi
Qadimgi antik dunyo falsafasi to’g’risida fikr yuritar
ekanmiz, uning eramizdan oldingi birinchi ming yillikda
Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistonda vujudga kelgan
sivilizasiya bilan bog’liq zkanligini aytib o’tish kerak.
Eramizdan oldingi VI asrlarda eski ijtimoiy hayotning
buzilib, yangicha yashashning boshlanishi, iqtisodiy,
ijtimoiy,
siyosiy
zamin,
shuningdek
ma’naviy
imkoniyatlarning vujudga kelishi bilan Qadimgi davr
sivilizasiyasi natijasi o’laroq dunyoni chuqurroq va
atroflicha o’rganishni o’z maqsadi qilib qo’ygan falsafiy
dunyoqarash paydo bo’ldi.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli
shakllana boshladi:
a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning
ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati;
b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish
qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi;
v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga
mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan
ehtiyojlar paydo bo’lganligi;
g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy
fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy
tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.
Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan
dastlab matematika, geometriya, astronomiya(yer.av I-II
asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya
fiziologiya, so’ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib
c
hiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga
solish va umumlashtirish bilan shug’ullandilar. Qadimgi
Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham
dunyoning ayrim tomonlarini alohida o’rganayotgan
fanlar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni tahlil eta
boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida
tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi.
Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo’shig’i»
da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O’lganlardan
hyech
biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so’zlab bergan
emas, demak, oxirat yo’q. Oxiratga ishonguncha, shu
dunyoda harakat qiling»,
- deyiladi.
.
44
2
1
8
Fenomenologiya falsafasi va uning nazariy manbalari ?
45
2
1
6
Ijtimoiy ongning shaklari, ular o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro
bog‘liqligi.
46
1
1
7
Jamiyat taraqqiyotida kasbiy ahloq qanday rol uynaydi ?
Ҳар қандай касбий маҳоратга оид
ахлоқшунослик
таркиби
умумий
ва
хусусий ҳолатлар асосида қарор топади.
Касбий маҳоратга оид ахлоқшуносликнинг
умумий тамойиллари умуминсоний ахлоқ
қоидаларига асосланиб, қуйидагиларни ўз
ичига олади:
а) Касбий маҳорат нуқтаи назаридан
ҳамфикрлилик (айрим ҳолатларда алоҳида
манфаатлар
асосидаги
чекланишлар
кўринишида ифодаланади);
б) Бурч ва ор – номус тушунчаларининг
алоҳида даражада ифодаланиши;
в) Фаолият предмети ва турига боғлиқ
ҳолатда,
жавобгарликнинг
алоҳида
даражадаги шакли.
Хусусий тамойиллар у ёки бу турдаги
касблар
таркиби
ва
ўзига
хос
хусусиятлари, маълум бир аниқ шарт –
шароитлар асосида келиб чиқади ва
асосан,
мутахасисларга
нисбатан
қўйилувчи талаблар бўйича ахлоқий
кодексларда ўз ифодасини топади.
Ўз навбатида, касбий маҳоратга оид
ахлоқшунослик фақат касбий маҳоратга
эга ходимларнинг фаолияти турли хилдаги
одамларга боғлиқлиги кузатилувчи, яъни
ушбу амалга оширилувчи фаолиятнинг
якуний натижаси ёки ушбу ҳаракатлар
жараёни бошқа одамлар ёки инсоният
ҳаётига
алоҳида
даражада
муҳим
аҳамиятга эга бўлган таъсир кўрсатиши
қайд қилинувчи касб соҳаларига тегишли
ҳолат сифатида қайд қилинади. Ушбу
ҳолатга боғлиқ равишда, педагогик,
тиббий, ҳуқуқий, шунингдек олимнинг
ахлоқшунослиги каби анъанавий тарзда
касбий маҳоратга оид ахлоқшунослик
турлари ўзаро ажратиб кўрсатилади,
бундан
ташқари
нисбатан
янги
ҳисобланган, «инсон омили»нинг роли
ортиб бориши билан боғлиқ бўлган,
фаолият турлари асосидаги (инженерик
ахлоқшунослиги) ёки ушбу омилнинг
жамиятдаги таъсири кучайиши билан
боғлиқ бўлган ҳолатлар асосидаги турлари
(журналист ахлоқшунослиги, биоэтика)
қайд қилинади.
47
2
1
8
Inson “ komplekslari “ nima?
Kompleks - bu shaxsning o'zini tutishi,
uning xulq-atvoriga, uning rivojlanishi va
psixikasining ishlashiga sezilarli ta'sir
ko'rsatadigan munosabat, motivlar va
g'oyalarning emotsional rangli to'plamidir.
Kompleks - bu odamning ma'lum bir xulq-
atvor modeliga nisbatan ongsiz
munosabati. Insonning o'zi haqidagi bu
g'oyalari (uning jismoniy va psixologik
kamchiliklari to'g'risida) ko'pincha bo'rttirib
ko'rsatiladi va chuqur his-tuyg'ular bilan
birga keladi, qoida tariqasida boshqa
odamlardan yashirinadi. Psixologik majmua
tushunchasini mashhur shveytsariyalik
psixolog va psixiatr, analitik psixologiyaning
asoschisi Zigmund Freydning izdoshi Karl
Gustav Yung kiritgan.
Inson psixologiyasi sohasidagi
mutaxassislarning fikriga ko'ra,
komplekslarning ikkita asosiy turini ajratish
mumkin:
Kamlik majmuasi.
Ustuvorlik kompleksi.
Bu ikkita qarama-qarshilik va qaysi biri
yaxshiroq yoki yomonligini tanlash mumkin
emas. Ikkala kompleks ham har qanday
odam uchun muammo bo'lib, uning
jamiyatdagi uyg'un hayotiga xalaqit beradi.
Kamchilik kompleksi
Kambag'allik majmuasi shuni anglatadiki,
odam o'zini o'zi haqida o'zini yomonroq deb
biladi va deyarli har doim o'zining jismoniy
va tashqi ma'lumotlaridan yoki qilayotgan
ishlaridan norozi bo'ladi. Kamchilik
majmuasi bo'lgan odamning psixologiyasi
har doim o'zini kamsitishga qaratilgan (men
eng yomoni, nega yashashim kerak, hech
kim men bilan qiziqmaydi). Bunday
odamlar o'zlarini qattiq tutishadi, biron bir
sababdan tashvishlanadilar va tanqidni
kutib yashashadi.
Ustuvorlik kompleksi
Insonda ustunlik majmuasi uni
boshqalardan ustun va ustunlik huquqiga
ega degan fikr ongda hukmronlik qilishi
bilan namoyon bo'ladi. Bunday odamlarni
nutq uslubi, boshqalarga ustunlik bilan
qarash orqali tanib olish mumkin. Mumkin
bo'lgan taqdirda, ular suhbatdoshga uning
ikkinchi sinf ekanligini tushuntirishadi. Bu
odamlar yaxshi ko'rinishga, o'zlarini yaxshi
narsalar bilan o'rab olishga intilishadi.
Bular sof shaklda komplekslarning
namunalari, garchi kundalik hayotda ular
shunchalik aniq va ravshan ifoda etilmasligi
mumkin. Ammo bular inson majmualarining
yagona turlari emas, balki faqat ikkita
asosiy guruh bo'lib, ularda hali ko'p navlar
mavjud.
Masalan, birinchi guruhga quyidagi taniqli
komplekslar kiradi:
ayb majmuasi, qachonki odam hamma
narsada va hamma oldida o'zini aybdor his
qilsa;
jismoniy nogironlar to'plami (kichik ko'krak,
katta burun, qisqa oyoq, katta o'sish,
ortiqcha vazn);
adolatsiz muomala kompleksi (butun dunyo
menga nisbatan adolatsiz, hech kim meni
qadrlamaydi);
Zolushka kompleksi (shahzodani kutish
paytida shaxsiy hayotingizga passiv
munosabat);
yolg'onlarning majmuasi (odamga nima
deyishidan qat'iy nazar, u xafa qilmaslik
uchun uni yolg'on gapiryapti deb o'ylaydi).
Ikkinchi guruh komplekslariga misollar:
a'lo darajadagi talabalar majmuasi (men
eng zo'rman, hamma narsani boshqalardan
yaxshiroq qilishim kerak, barcha mukofotlar
meniki);
Napoleon majmuasi (ular butun dunyoni
zabt etishni, o'zlarining haqiqiy qiymatlari
bilan mukofotlash uchun muvaffaqiyatlarga
erishishni xohlashadi);
boshqalarga yordam berish majmuasi
(mening taqdirim shunday, men hammaga,
hatto o'z zararimga ham yordam berishim
kerak);
go'zallik majmuasi (men juda chiroyli yoki
chiroyli, men eng zo'rman, hech kim menga
loyiq emas, mening yonimda hamma o'zini
past his qiladi).
Komplekslar ro'yxati juda uzun va, ehtimol,
hech qachon to'liq bo'lmaydi, chunki
odamlar o'zlarining majmualarida ham
ixtirochilikka moyil.
Komplekslardan qanday qutulish mumkin?
Komplekslar to'liq hayotga to'sqinlik
qilganligi sababli, ulardan qanday qutulish
kerakligi haqida savol tug'iladi.
Psixologiyada muammoni tanib olish va
uning ustida ishlashni boshlashning juda
maqbul va sodda usuli mavjud. O'zingizni
tushuning, o'z qadringizni oshiring,
atrofdagi dunyoga bo'lgan nuqtai
nazaringizni qayta ko'rib chiqing. Va agar
vaziyat haqiqatan ham jiddiy bo'lsa va u
o'zini uydan deyarli chiqmasligiga olib
kelgan bo'lsa, siz mutaxassisdan yordam
so'rab, davolanish kursidan o'tishingiz
kerak.
Shuni unutmangki, er yuzidagi har bir inson
individual, betakror va go'zaldir
48
3
1
7
Falsafaning siyosiy-huquqiy sohadagi islohotlari bilan bog‘liq
qanday vazifalarini bilasiz ?
49
2
1
10
Fikrdagi izchillik deganda nimani tushunasiz ?
50
3
1
6
Dialektik va metafizika metodlarining mohiyati va mazmuni.
51
2
1
6
Bilish jarayoni qanday amalga oshadi ?
52
1
1
11
Etika kategoriyalarini sanab bering ?
53
2
1
12
Induktiv hulosa chiqarishga ta’rif bering ?
Do'stlaringiz bilan baham: |