0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/61
Sana18.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#383709
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
falsafa javoblar

Shartli  (implikativ)  hukm
  ikki  oddiy  hukmning 
«agar...  unda»  mantiqiy  bog’lamasi  orqali  birikishidan 
tashkil  topadi.  Shartli  hukmning  mohiyatini  aniqlash 
uchun  zaruriy  va  yetarli  shart  tushunchalarini  farqlash 
zarur.  Hodisaning  zaruriy  sharti  deb,  uning  mavjudligini 
ta’minlaydigan  holatga  aytiladi.  Agar  hodisaning  sharti 
zaruriy bo’lmasa, hodisa ham bo’lmaydi. Masalan, «Agar 
o’simlik suvsiz qolsa, u  quriydi». 
Hodisa  uchun  yetarli  bo’lgan  shart  deb,  har  safar 
shu  shart  bo’lganda,  o’sha  hodisa  kuzatiladigan  holatga 
aytiladi.  Masalan,  «Agar  yomg’ir  yog’sa,  unda  uylarning 
tomi  ho’l  bo’ladi».  Shartlar  «yetarli,  lekin  zaruriy 
bo’lmagan»,  «zaruriy,  lekin  yetarli  bo’lmagan»,  «zaruriy 
va yetarli» bo’lishi mumkin. Masalan, N sonining ikki va 
uchga  bo’linishi  uning  oltiga  bo’linishi  uchun  zaruriy  va 
yetarli  shart  hisoblanadi.  N  sonining  ikkiga  bo’linishi 
uning  oltiga  bo’linishi  uchun  zaruriy,  lekin  yetarli 
bo’lmagan  shartdir.  N  sonining  o’nga  bo’linishi  uning 
ikkiga  bo’linishi  uchun  yetarli,  lekin  zaruriy  bo’lmagan 
shartdir. 
Shartli  hukm  tarkibida  asos  va  natija  qismlari 
farqlanadi.  Shartli  hukmning  «agar»  va  «unda»  so’zlari 
oralig’idagi qismi – asos, «unda» so’zidan keyingi qismi – 
natija  deb  ataladi.  «agar  yomg’ir  yog’sa,  unda  uylarning 
tomi ho’l bo’ladi» hukmida «yomg’ir yog’sa» hukmi asos, 
«uylarning tomi ho’l bo’ladi» hukmi – natija hisoblanadi. 
Demak,  asosda  ko’rsatilgan  hodisa,  natijada  qayd 
etilgan  hodisaning  kelib  chiqishi  uchun  yetarli  shartni 
ifodalagan hukm shartli hukm deyiladi. 
Shartli  (implikativ)  hukmlar    «agar  ...  unda» 
mantiqiy  bog’lamasi  (→) belgi  bilan  ifodalanadi.  Hozirgi 
zamon  mantiq  ilmida  esa  ba’zan  (ב)  simvoli  bilan 
belgilanadi.  Bu  simvollar  moddiy  implikasiya  belgisi  deb 
ataladi.  Shart-li  hukm  esa  implikativ  hukm  deb  yuritiladi. 
Implikativ  hukmning  asosi  –  antesedent,  natijasi  – 
konsekvent  deyiladi.  Implikativ  hukm  antesedent  –  chin, 
konsekvent  –  xato  bo’lgan  holatdan  boshqa  hamma 
ko’rinishlarda chin bo’ladi.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish