Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan
kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma'noni
anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida
«materiya» tushunchasining mazmuni,
tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga
muvofiq bir necha marta o‘zgargan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning
etimologik talqinidan keng foydalanilgan.
«Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy
kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan.
U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u
bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil
jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat
qiladigan sifatlardan mahrum substrat
(material)ni ifodalagan. Platon talqinida
materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har
qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb
etishi mumkin bo‘lgan makon bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |