10.2. Parmani (yoki parmali patronni) stanok shpindelining
teshigiga o`rnatish
Parma (patron) konusi raqamining shpindel teshigi konusining
raqamiga mosligi tekshiriladi (zarur bo`lsa, shunga moye o`tish vtulkalari
tanlanadi). Parma, vtulkalar va shpindelning tutashma yuzalari artiladi.
Parma (patron)ning orqa uchiga o`tish vtulkalari kiydiriladi. Parma
(patron) stanok shpindelining teshigiga shunday o`rnatilishi kerakki,
uning orqa uch panjasi o`yiqqa kirsin; shundan keyin parma (patron)
yuqoriga kuch bilan surilib shpindel teshigiga mahkamlanadi. Parma
bevosita stanok shpindeliga o`rnatiladi yoki agar parmaning konussimon
orqa
uchi
stanok
shpindelidagi
konussimon
teshiklardan
kichik bo`lsa, kerakli o`tuvchi vtulkalar
—
konussimon yoki prujinali vtulkalar
tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |