94
Ma`ruza
№
19
Mavzu: Elektr simlarni qalaylab ulash
Reja:
19.1.Kavsharlashga tayyorlanish
19.2.Yumshoq kavshar bilan kavsharlash
19.3.Yumshoq va qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda xavfsizlik qoidalari
Taxminiy ish ob`ektlari:
oq tunuka , idishlar,
moy idishlar
Asbob va jihozlar:
issiklik kavsharlagichlari, uch yokdi shaberlar, har xil
egovlar, kavsharlash lampasi
Moslama va materiallar:
yassi jag`li ombur, xlorid kislota,rux, paxta,
nashatir, qalay-qo`rg`oshinli kavshar, qilli cho`tkalar,latta-putta, metall cho`tka.
19.l. Kavsharlashga tayyorlanish
1) Shisha idishning 1/4 qismi hajmi-da suv quyiladi.Shisha voronka orqali
idishning yana 1/4 qismicha xlorid kislota quyiladi.Eritmaga mayda
plastinachalar tarzida kesilgan rux solinadi (gaz pufakchalari ajralib chiqqanidan
so`ng eritma ishlatishga tayyor bo`ladi).
2) Buyum detallarining kavsharlanadigan joyi bir-biriga yaxshi moslanadi. Shu
joy metall cho`tka va latta bilan ifloslik va namdan tozalanadi, chok esa shaber
yoki egov bilan yaltiraguncha jilo beriladi.
3) Lampa kosachasiga benzin quyib yoqiladi.Benzin
yonib tugagach, nippel
klapani sal ochiladi, lampa sig`imiga havo beriladi va lampa himoya qurilmasiga
yaqinlashtiriladi.Lampaning burama naychasi past alangada qizdirilgach, olov
me`yorlanadi.
Nippel ifloslanganida, primus ignasi bilan tozalanadi.
Kavsharlash lampasiga (idishning 3/4 qismi hajmidan oshirmasdan) ingichka
naycha yoki chog`roq voronkadan foydalanib kerosin quyiladi. Shundan
keyin idishning og`zi rezbali tiqin bilan burab berkitiladi
va lampa quruq qilib
artiladi.
Lampa g`isht yoki maxsus moslama yaqinida yonib turgan denaturat alan
gasidan o`toldiriladi, denaturatlampaning maxsus kosachasiga quyilgan bo`ladi;
forsunka ifloslangan bo`lsa, jo`mrak berkitib qo`yilib, igna bilan tozalanadi.
95
4) Kavsharlagich uchi egov bilan
kuyindidan
tozalanib, uchining qirrasi sal
dumaloqpantiriladi. Kavsharlagich (koviya)
taglikka shunday qo`yiladiki, uning tovoni
chetga yo`naltirilgan bo`ladi
Kavsharlash
lampasining
alangasi
kavsharlagich
tovoniga
qaratiladi.
Kavsharlagichning
qizigan-qizima-ganligi
uning
uchini
novshadilga botirib ko`rish yo`li bilan
tekshiri-ladi (agar novshadil pishillab, un-
dan ko`kish
tutun chiqsa, dsmak, kav-
sharlagich yaxshi qizigan).Kavshar-
lagichninguchi novshadilda tozalanadi va
unga
kavshar
chiviq
yaqinlashtirilib,
oqartiriladi
Kavsharlagich—koviya
qizdirilib, unga qalay yugurtiriladi
kavsharlagichni shunday qo`yish kerakki,
uning ish (ponasimon) qismi alangadan pastga qarab tursin, alanga hududida esa
uning qalin qismi turishi kerak.Qizigan
kavsharlagichni stolga emas, balki
maxsus taglikka kuyish kerak, shunda issiklik bekorga isrof bo`lmaydi va
kavsharlagich ifloslanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: