Savol va topshiriqlar
9 1. Qanday yordamchi so‘zlarga yuklama deyiladi?
Qanday qo‘shimcha-yuklamalar qo‘shib yoziladi?
Qanday qo‘shimcha-yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi?
mashq. Uyga topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli yukiamalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Agar qarshibo‘lmasalaring, menda bir taklif bor,-dedi Jovli. -Ertaga qishloqni bir boshdan titkilab chiqsak...? — Ol...! (N. Norqobulov) 2. Bunisini ko‘ring.J -dedi jajji, chamandagul do‘ppini dadamga uzatib. (0‘. Hoshimov) 3. Ikkisi ham birdan:-Besh...?-deb so‘rashdi. -Shunaqaga o‘xshaydi...? - dedim men. Oyim peshanamdan o‘pdi. (O. Yoqubov)
dars. UNDOV VA TAQLID SO‘ZLAR
Topshiriq. Biror narsadan lazzatlanish yoki og‘riq hislari qanday so‘zlar yordamida ifodalanadi? Ular ishtirokida gap tuzing.
? So‘zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon-par- randalarni biror harakatga undashni ifodalovchi so‘zlarga undov so‘zlar deyiladi. Inson, hayvon va narsalarning tovush- lariga taqlid ifodalovchi so‘zlar taqlid so‘zlar hisoblanadi.
N. _ . . . __ ^
mashq. O. Qo‘chqorbekovning «Xatoimni tuzating» she’rini o‘qing. Hayvon va parrandalar tovushiga taqliddan yasalgan fe’llarni taqlid so‘zlarga aylantiring.
Namuna: qag‘illadi - qag‘-qag‘
Qag‘illadi mushugim, Xo‘roz uchdi, qorong‘i
Qarg‘acham miyovladi. Tushib, hamma yotganda.
Tom ustida turib jim Eshak kishnab, buqacham
Sichqon mushuk ovladi. Ochiqqandan hangradi.
It qog‘illab, tovug‘im Toychog‘imning ham shunda
Birovga hura ketdi. «Ma-a!» degani yangradi.
Quyonim tug‘di tuxum, Yolg‘onmi? Agar yurgan
Anhor yugura ketdi. Bo‘lsangiz siz kuzatib,
Ko‘rshapalak qichqirdi To‘g‘risini o‘zingiz
Yorishib tong otganda, Ayta qoling tuzatib.
mashq. Lira, ey, oh, voy, obbo, hoy undovlari ishtirokida gaplar tuzing, ularning qanday vaziyatlarda aydlishini tushuntirib bering.
Savol va topshiriqlar
*} 1. Qanday so‘zlarga undov so‘zlar deyiladi?
Qanday so‘zlarga taqlid so‘zlar deyiladi?
So‘zlovchining his-hayajonini bildiruvdii undovlarga uchta misol keltiring.
Hayvonlar va parrandalami haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun qo‘llaniladigan so‘zlami ayting.
mashq. Uyga topshiriq. Uy hayvonlari va qushlarga nisbatan ishlatiladigan undov so‘/lar ishtirokida gaplar tuzing.
108
Bogiovchi
|
Ko‘makchi
|
Yuklama
|
Undov so‘zlar
|
Taqlid so‘zlar
|
lekin
|
uchun
|
-mi
|
oh
|
taq
|
dars. SO‘ZLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar nechta o‘zakdan tashkil topganini aniqlang. Iqtisodiyot, kamgap, orzu-niyat.
topshiriq. Markaziy Osiyo, qirqoyoq, tezyurar so‘zlarining qanday so‘roqqa javob boiishini aniqlang.
109
_
? So‘zlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy
so^zlarga bo'linadi. ^
mashq. Birinchi va ikkinchi qatorlarda berilgan o‘zaklarning o‘zaro mos keladiganlarini topib, qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar hosil qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.
Jo‘ja, bozor, o‘pka, sof, qo‘y, gul, xola, osh, o‘rin, o‘q, it, umum, ko‘cha.
Xola, qovoq, bosar, xalq, ko‘y, xo‘roz, o‘char, dil, gul, jigar, qo‘zi, ilon, uzum.
*307-mashq. Sinf taxtasiga yozilgan qora, oq, uch so‘zlari ishtirokida uch guruhga bo‘linib, qo‘shma so‘zlar hosil qiling. Besh daqiqa ichida kim eng ko‘p qo‘shma so‘z aytsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
Namuna: Qorasuv Oqqo‘rg‘on uchburchak
mashq. Qo‘shma va juft so‘/larni topib, ularni izohlang, qanday o‘/akIardan yasalayotganiga e’tibor qiling,
0‘ylab-o‘ylab topdim. Sag‘bonda bitta ammam bor. Shunikiga boraman... Ammamning eri mo‘ynado‘z-kosib.
Bola-chaqalari bo‘lmaganidan uylari biznikiga o‘xshash to‘s-to‘polon emas, yig‘inchaqli, innaykeyin, bulaming uyi salkam ajoyibxona.
Ulaming uyidagi gullaming-ku son-sanog‘i yo‘q: gulbeor, gulra’no, gulsafsar, gulhamishabahor, qo‘qongul, qalampirgul, namozshomgul, , sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul - ishqilib sanab tugatib bo‘lmaydi. (G ‘afur G ‘ulom)
Savol va topshiriqlar
9 1. So‘zlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
2. Sodda so‘zlar qanday bo‘lishini tushuntiring?
Qo‘shma so‘zlar nechta o‘zakdan tashkil topadi?
Imlo lug‘atidan foydalanib, sodda, qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarga ikkitadan misol toping.
110
mashq. Uyga topshiriq. Berilgan o‘zaklardan foydalanib, qo‘shma va juft so‘zlar hosil qiling.
Yer..., qovun..., kino..., tosh..., go‘sht..., ko‘k..., og‘iz..., qosh..., el..., xush..., oshna...
dars. QO‘SHMA SO‘ZLAR
Topshiriq. Quyidagi so‘zlaming so‘rog‘ini va qanday o‘zaklardan tashkil topganini aniqlang.
Beshiktervatar, otquloq, gulbeor, muzyorar, har qachon, ozmuncha, sotib olmoq, temir yo‘l, jigarrang, tamom bo‘lmoq.
J Ikki yoki undan ortiq o‘zaklardan tashkil topib, bitta
so‘roqqa javob boigan so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi.
\ s
mashq. 0‘qing, qaysi so‘zlar qo‘shib, qaysi so‘zlar ajratib yozilayotganiga diqqat qiling.
Otquloq, yurtboshi, tinchliksevar, xushxat, oshko‘k, qo‘shtimoq, oshpichoq, qoiqop, sadarayhon, Yangiyer.
Har bir, qirq uch, hech kim, hech nima, har vaqt, olib chiq, ta’sir et, borib kelmoq.
mashq. Qavslarini ochib, qo'shma so‘zlarni qoidaga muvoflq ko‘chirib yozing. Ular ishtirokida to‘rtta gap tuzing.
Qimmat (baho), Besh (ariq), hech (nima), erk (sevar), ming (oyoq), xom (tok), sof (dil), kul (rang), ish (yoqmas), laylak (qor), mosh (rang), hech (qachon), har (doim), ko‘z (oynak), shirin (so‘z), baland (parvoz).
*312-mashq. Sinfda «Kim ko‘p topadi?» musobaqasini o‘tka/ing. Bunday o‘yin sinfni uch-to‘rt guruhga boiib yoki sinfdagi 3-4 o‘quvchi o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin. Tomonlar awal qo‘shib yoziladigan, keyin ajratib yoziladigan qo‘shma so‘/larga misollar topishi kerak. Qaysi guruh yoki o‘quvchi ko‘p so‘z topa olsa, o‘yin g‘olibi bo'ladi.
Savol va topshiriqlar
? 1. Qo‘shma so‘z deb qanday so‘zlarga aytiladi?
Qo‘shma ot va qo‘shma sonlarga uchtadan misol keltiring va yozilishini tushuntiring.
Qo‘shma fe’llar qanday yoziladi?
mashq.Uygatopshiriq. Qo‘shma so‘zlar ishtirokida kichik bir matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |