“Tasdiqlayman”
279-maktab direktori
__________D.SH. Xalilov
Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani
279-maktabning o’zbek tili o’qituvchisi
Pulatova Maxfuzaning o’zbek tili fanidan
7-siflar uchun “ Shifobaxsh o’simliklar“
mavzusida ochiq dars ishlanmasi
O'ZBEKISTONNING SHIFOBAXSH O'SIMLIKLARI
(Qo’shma , juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi)
1-soat
Darsning maqsadi:
1. Ta'limiy maqsad. Qo’shma , juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi bo'yicha ma'lumot berish, o'quvchilarda qo’shma , juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosini nutqda qo'llash yuzasidan amaliy ko'nikmalar hosil qildirish.
2. Tarbiyaviy maqsad. O'quvchilarga ,,O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari" nutqiy mavzusi va grammatik mavzu bo'yicha bilim berish, ularda egallangan bilimlarni og'zaki va yozish nutqda qo'llash ko'nikmalarini hosil qildirish, fikrni og'zaki va yozma erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklarini asrab-avaylashga chaqirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad. O'quvchilarni mustaqil fikrlash va turli nutqiy vaziyatlarda o'z fikrini dialogik va monologik tarzda to'g'ri ifodalay olish malakalarini shakllantirish.
O'quv jarayonining mazmuni. O'zbekistonning tabiati, respublikamizda o'sadigan shifobaxsh o'simliklar haqida ma'lumot berish, qo’shma , juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi uning haqida ma'lumot berish.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: suhbat, ko'rsatmalilik, rolli o'qish metodlari. Shakl: guruh bilan hamkorlikda va yakka tartibda ishlash. Vositalar: darslik, rasmlar, slaydlar, ,,0'zbekiston Respublikasi" ensiklopedik ma'lumotnomasi, Shifobaxsh o'simliklar", „Onamninghikoyalari" risolalari, she'rlar. Nazorat: savol-javob, mashqlar va topshiriqlar. Baholash: 5 balli tizim asosida.
Kutiladigan natijalar. O'qituvchi: mavzuning ilg'or interfaol usullar vositasida barcha o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga erishadi, o'quvchining faolligini oshiradi, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg'otadi, o'quvchilarni baholaydi. O'quvchilardamavzu bo'yicha o'z fikrini og'zaki va yozma mustaqil ifodalash va boshqalarga yetkazish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.
O'quvchi: yangi bilimlarni egallaydi, yakka va guruh bo'lib ishlashni o'rganadi, og'zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida nutqiy va grammatik mavzu yuzasidan yetarli ma'lumotga ega bo'ladi.
Kelgusi rejalar. O'qituvchi: interfaol usullarni dars jarayoniga tatbiq etadi, yangi pedagogik texnologiyalar ustida ishlaydi, o'z pedagogik mahoratini oshirib boradi.
O'quvchi: mustaqil ishlashni o'rganadi, o'z fikrini ravon bayon qila oladi, mavzu bo'yicha qo'shimcha materiallarni izlaydi, o'z fikrini asoslashga o'rganadi.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism. Uy vazifasini so'rash va baholash. 7 daqiqa
2. Rasmlar va berilgan savollar asosida suhbat (1-topshiriq). “O'zbekistonning o'simlik dunyosi" matni ustida ishlash (1-mashq). 10 daqiqa
3. Grammatik qoida bilan tanishtirish. Slayd namoyishi. 6 daqiqa
4. Grammatik ma'lumotni mustahkamlash (2-3-mashqlarni yozma, 4-mashqni og'zaki bajarish). 12 daqiqa
5. Nutqiy mavzuni mustahkamlash. „Zomin tog'larida" matni ustida ishlash.(slayd namoyishi). 8 daqiqa
6. Darsni yakunlash. Uyga vazifa va o'quvchilar bilimini baholash. 2 daqiqa
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism. Uy vazifasini so'rash va baholash.
1. Rasmlar va berilgan savollar asosida O'zbekiston tabiati haqida suhbatlashish (1-topshiriq). Baliq sikeleti metodidan foydalangan holda ishlash.
2. „O'zbekistonning shifobaxsho'simlik " matnini o'qitish va o'quvchilar e'tiborini matnda ajratib ko'rsatilgan shifobaxsh o'simliklar nomlari hamda Sodda sifatlar va qo’shma sifatlar, takroriy sifatlar , juft sifatlarning ma'nolariga qaratish 1mashqq va bajartirish.
2. Grammatik mavzu bayoni. Darslikdagi qoida o'qitiladi va quyidagi slayd namoyishi orqali grammatik ma'lumot tushuntiriladi.
Slayd namoyishi: Sifatning tuzilish jihatidan turlari: Sodda sifatlar va qo’shma sifatlar, takroriy sifatlar , juft sifatlar haqida ma’lumot .
3. Grammatik ma'lumotni mustahkamlash uchun 2-3-mashq yozma, 4-mashq og'zaki bajartiriladi. O'quvchilar 2-mashqda berilgan maqollarni o’qib, sifatlarni aniqlab ta'rif beradilar. Dars jarayonida o’quvchilar rag’batlantirib boriladi.
3-mashqda o'quvchilardan avval sodda sifatlarni , so’ng qo’shma sifatlarni ajratib yozish so’raladi. Bu mashqda ven diagranmasidan foydalaniladi.
4. Nutqiy mavzuni mustahkamlash uchun bu topshiriqda berilgan „Zomin tog'larida" matni ustida ishlash ko'zda tutiladi. O'quvchilarga matnda keltirilgan
o' simliklar nomlarini berilgan jadvalga kiritish topshirig'i beriladi.
5. Darsni yakunlash. O'quvchilarni baholash va uyga vazifa: qomusiy lug'atlar yoki internetdan foydalanib, biror shifobaxsh o'simlikning nimalarga davo bo'lishi haqida ma'lumot yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |