Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialogik fikrlarning qisqaliligi bilan boshqa fikrlardan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi, voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin. Bir nechta kishilar bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan, triada va poliada negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo‘naltirilgan, bahs tarkiblari ishtirok etuvchi og‘zaki nutq turiga polilogik nutq deyiladi.
Tilning barcha qoidalariga (orfografik, morfologik, sintaktik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonematik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl,tuzilishi,ma'no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi yozma nutq deyiladi. Yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning bo‘lmasligi yozma nutq tuzishda ma'lum qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Yozuvchi fikrlarini yaxshi tushuntirish uchun ifodalash vositalaridan (ohang, mimika, ishora) foydalana olmaydi. Yozuvchi o‘z atrofini o‘rab olgan vaziyatga suyana olmaydi, chunki u talabaning idrok qilishiga og‘irlik qiladi. Shuning uchun yozma- nutq har qanday og‘zaki nutq formasiga nisbatan ancha mukammal va ravon bo‘ladi.
Yozma nutq ham og‘zaki nutqqa o‘xshab aloqa vazifasini bajaradi. Biroq og‘zaki va yozma nutqlarda fikr almashish har xil usul va vositalar bilan amalga oshiriladi. Og‘zaki nutq aniq tovushlarga suyanadi. Yozma nutq yozuv belgilari (harf) yordamida chizma (grafik) shaklida tasvirlanib, ularning har biri og‘zaki nutqning ayrim tovushlarini bildiradi. Yozma nutq jamiyat tarixida va kishilar hayotida ham og‘zaki nutqdan so‘ng vujudga keladi va uning asosida shakllanadi. Yozma nutq har xil tekstlarni tuzish, ko‘chirib olish va bayon qilishni va ularni o‘z ichida yoki tovush chiqarib o‘qishni o‘z ichiga oladi. Yozma nutqning xususiyati shuki, u boshqa vaziyatda, ayni shu joyda yo‘q bo‘lgan talabaga qaratilgan bo‘ladi va u yozilgan narsani faqat bir qancha vaqtdan so‘ng o‘qiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |