Dialog nutq (dialog)
Monolog nutq (monolog)
Suhbatdoshlarning og‘zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada bo‘lishiga qarab, og‘zaki nutq ikki shaklga bo‘linadi.
Og‘zaki nutqning dastlabki turidan biri - bu monologik nutqdir
.
Monolog so‘zlovchini o‘ziga yoki tinglovchilarga qaritilgan nutqidir.
Monolog nutqida so‘zlovchi o‘ziga ma'lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichki kechinmalari haqida ma'lumot beradi.
Monolog nutq tinglovchilari suhbatga faol aralashuviga undamaydi; ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintetik jihatda monologik nutq murakkab tuzilgan bo‘lib, keng qamrovlidir. Monolog nutq kishilarning aloqa tajribasida katta o‘rin egallaydi va juda xilma-xil og‘zaki va yozma ravishda so‘zga chiqishlarida namoyon bo‘ladi. Nutqning monolog formalariga leksiyalar, dokladlar, majlislarda nutq so‘zlashlar, e'lonlar, buyruqlar va boshqa ko‘p og‘zaki va yozma axborotlar oiddir.
Monolog nutqning hamma formalarining umumiy va xarakterli xususiyati uning haqiqiy yoki hayoliy eshituvchiga nisbatan aniq yo‘nalganligidir. Bu yo‘nalishdan maqsad tinglovchilarga zarur ta'sir ko‘rsatishga erishishdir.
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan nutqning eng qiyin va murakkab formasidir. Har birimiz o‘zimizning nutq tajribamizdan yaxshi bilamizki, suhbatda qatnashish qandaydir maxsus axborot bilan chiqishga nisbatan ancha yengildir.
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha keng bo‘lib, u o‘zining mazmuni va grammatik tuzilishiga ko‘ra ko‘p jihatdan yozma nutqqa to‘g‘ri keladi.
Dialog shakldagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‘rtasida namoyon bo‘luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan nutq turi dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko‘pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar qabul qilish va uzatish o‘zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala maromi buziladi, o‘zaro fikr almashuv mudatdan oldin yakunlanadi. Dialog nutq, odatda, monolog va yozma nutqqa nisbatan batafsil va ravon nutq tuzishga kam talab qo‘yadi. Bu fakt dastlab shu bilan tushuntiriladiki, suhbatdoshlar bir xil sharoitda bo‘ladilar, bir xil fakt va hodisalarni idrok qiladilar va shu tufayli o‘zlarining fikrlarini batafsil (keng) nutq formasida bayon qilishga harakat qilmay, bir-birlarini nisbatan oson tushunadilar. Avtobus kutuvchilardan birining «kelayotir» deyishi boshqa kishilarning unga tushunishlari uchun yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |