01-guruh talabasi Nurmatov Nizomiddin Паразитология фанидан оралиқ топшириқлари. Паразитар касалликлар таьлимоти


Ekstensiv va intensiv ko’rsatkichlar faqatgina qishloq xo’jalik va mo’ynali hayvonlarga nisbatan ishlatilib qolmasdan, balki oraliq xo’jayinlari -



Download 104 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2021
Hajmi104 Kb.
#66800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
301-guruh Nurmatov Nizomiddin parazitologiya 2 oraliq javoblari

Ekstensiv va intensiv ko’rsatkichlar faqatgina qishloq xo’jalik va mo’ynali hayvonlarga nisbatan ishlatilib qolmasdan, balki oraliq xo’jayinlari -

mollyuskalarning zararlanganligini ham miqdor, ham sifat jihatidan aniqlashda ishlatiladi.Invazion kasalliklarning epizootologiyasini, ayniqsa qo’zg’atuvchining biologiyasini mazkur o’lka va viloyat sharoitlarini hisobga olib o’rganish, parazitar kasalliklarga qarshi o’tkaziladigan choralarni foydali amalga oshirishning garovidir

Devastatsiya ta’limoti. Devastatsiya lotincha-devastatio-qirg’in qilmoq, qirib

tashlamoq ma’nosini anglatadi. Odam, hayvon va o’simliklarda uchraydigan infeksion va invasion kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini rivojlanishini barcha bosqichlarida mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan yo’qotishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. Bu ta’limotdan ko’zda tutilgan maqsad, barcha xo’jalik, tuman, viloyat, o’lka va respublikani gelmintlardan, patogen protozoolardan va parazit bo’g’moyoqlilardan rejali ravishda tozalab, bir vaqtning o’zida tabiatda parazitlar rivojlana olmaydigan sharoit tug’dirish, shuningdek invasion kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini butun rivojlanish jarayonida (tuxum va lichinkalarini) turli usullar bilan yo’qotishdir. Ushbu ta’limot birinchi marta akademik K.I. Skryabin tomonidan 1944 yilda fanga kiritilgan bo’lib, gelmintologiy sohasida qilingan katta ilmiy ishlardan biri hisoblanadi. Bunda parazitlarga qarshi faol hujumga o’tib, murakkab tadbirlarni, ya’ni kimyoviy usulda rejali gelmintsizlantirish, molxona, yer-suv, yaylov va go’ngni dezinvaziya qilish, kasallik qo’zg’atuvchilariga biologick zarar ko’rsatish bilan birgalikda chorva mollarini zoogigiynik qoidalariga amal qilingan holda boqish, to’yimli va sifatli oziqalar bilan ta’minlashni talab qiladi.

Bu ta’limotni qo’llash natijasida Respublikamizda bezgak va rishta kasalliklari, MDҲ mamlakatlarining Shimoliy va Markaziy mintaqalarda esa kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilarning exinokokkoz kasalligi butunlay tugatilgan. Shuningdek, Respublikamizning turli mintaqalarida chorva mollarida trixostrongilyatoz kasalliklari keskin kamaydi. Parazitar kasalliklarning qo’zg’tuvchlarini devastatsiya qilish davlat tomonidan o’tkaziladigan tadbir bo’lib, zooveterinariya, zootexnik mutaxassislarishtirokida amalgam oshiriladi. Devastatsiyani muvaffaqiyatli o’tkazishda parazitning yashay olmaydigan yalpi tadbirlarini fanga asoslangan holda ishlab chiqish lozim.

O’zbekistonda birinchi navbatda odamlar sog’ligiga jiddiy ziyon yetkazayotgan gelmintozlardan - teniidoz, qoramol va cho’chqalardagi sistiserkoz (finnoz), exinokokkoz va senurozni devastatsiya qilish rejalashtirilgan. ??

3-savol: Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Parazit yashovchi sodda hayvonlar bir necha mingni tashkil qiladi. Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi. Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va

okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam or-ganizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi:

1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Apikomplekslar (Apicomplexa). 3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia). 4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan apikomplekslar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.

Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar, hatto, o'limga olib keladigan turlari bor.

Sarkomastigoforalar tipi. Bu tipgа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyo‘qlаr yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri ham anchagina. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenja tiplariga bo‘linаdi.

Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplaz￾madan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi. Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari uchraydi. Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari xilma-xil va harakatchan bo‘ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo‘linmagan. Bu sinf amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo‘linadi. Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburag' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo'ladi.

Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniq￾lagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo'lishini isbotlagan. Ichburug' amyo￾basining kattaligi 20-30 mikronga teng. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi. Ichburug' amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan 30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik hududlarda yashovchi xalqlar o'rtasida uchraydi. O'rta va Shimoliy kengliklarda yashovchi aholi ichagida ham amyoba uchrab tursada, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi. Amyoba bilan zararlangan, lekin ichburug' bilan kasallanmaydigan odamlar amyoba tashuvchilar hisoblanadi. Ba'zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanib qolganida amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og'ir qonli ichburug' kasalligini keltirib chiqaradi.

Amyobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan oziqlanadi. Kasallik vaqtida davolanmasa surankali formaga o'tadi. Kasal kishi juda ozib ketishi, ba'zan halok bo'lishi ham mumkin. Ichburug' amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig'i bilan yo'g'on ichakdan to'g'ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib, yumaloqlanadi. Ektoplazma esa yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqargach, parazit sista davriga o'tadi. Shu davrda sista ichidagi amyobaning yadrosi ketma-ket

ikki marta bo'linadi va sista ichidagi amyoba to'rt yadroli bo'lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta'siriga juda chidamli; nam tuproqlarda 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo'qotmasligi mumkin.Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta'siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalarni pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig'i yemiriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta bo'lingach, to'rtta amyoba hosil boladi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga o'tadi. Ichburug' amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo'ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik vegetativ shakli; b) to'qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli.

Amyobaning to'qima va eritrofag shakllari ba'zan yirik vegetativ shakl deb ham ataladi. Aslida, bu ikki shakl o'zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo'lib, zich parda-sista qobig'i bilan o'ralgan. Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo'ladi. Mayda vegetativ shakli kichkina (15-20 mkm) bo'lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo'linadi. Endoplazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo'g'on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to'qimashakli (20-25 mkm) odamning yo'g'on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to'qimalarni yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi. To'qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar

yallig'lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi. Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko'payib, to'qima shakliga-eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo'jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli bo'lib, hatto, xlorlangan suvda ham halok bo'lmaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta'siriga ham chidamli bo'ladi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro bo'ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste'mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo'ladi. So'ngra ular mitoz yo'li bilan bo'linib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo'lgan odamlar odatda sog'lom bo'lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya'ni to'qima shakliga aylanadi. To'qima shakli o'zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo'lishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlarning axlatida qon bo'lishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli, ya’ni eritrofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo'lib, ko'ndalang o'lchami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta bo'lib, o'zi esa ancha harakatchan bo'ladi. Sitoplazmada, ko'pincha, eritrotsitlarni topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi odamning boshqa a'zolariga

(jigar, o'pka) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to'qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to'g'ri kelib qolsa, u qon orqali to'g'ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo'ladi.

O'pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o'pkaga diafragma orqali o'tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og'rishi, ishtahaning yo'qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin.

Kasallikka tashxis qo'yish uchun bemorning najasi konservantga yig'iladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971y.). Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalolat beradi. Ichburug' amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi. Ichburug' kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko'p uchraydi. U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham uchraydi.Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun emitin gidroxloridi, xinafan, aminarson, enteroseptol, anitibiotiklar (tetrosiklin, monamitsin) va boshqa preparatlar qo’llaniladi. Profilaktika choralariga ovqat iste'mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab yuvish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlarni yaxshilab yuvish, pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalarni yo'qotish (chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), bemor va sista tashuvchilarni aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasalarida

sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va aholi o'rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha keng targ'ibot ishlarini olib borish kabilar kiradi.Parazit amyobalar kasallangan tishlarning kovagi, it, cho'chqa, ot va boshqa hayvonlar ichagida, asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan. Odamlarning og’iz bo’shlig’ida parazitlik qiluvchi Entamoeba girgivalis amyoba turini 1849 yilda Moskvalik professor Gross tish karioziga uchragan bemorda topgan. Xivchinlilar (Mastigophora) kenja tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Xivchinlilar tabiatda juda keng tarqalgan, ular har xil muhitda hayot kechiradi va xilma-xil tuzilishga ega bo’lgan bir hujayrali hayvonlardir. Hamma xivchinlilarning harakat organoidlari bitta yoki bir nechta xivchinlar hisoblanadi. Xivchinlar sitoplazmadan hosil bo'lgan qilga o'xshash ingichka o'simtalardan iborat. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazmaga ajraladi. Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq va elastik qobiq -pellikulani hosil qiladi. Ko'pchilik xivchinlilar tanasi doimiy shaklga ega bo'lishi bilan sarkodalilardan farq qiladi. Shu bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo'lmaydi va ular sarkodalilarga xos bo'lgan psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga ega. Ko'pchilik turlari dengizda yashaydi va planktonning asosiy qismini tashkil etadi. Chuchuk suv havzalarida ham xivchinlilar keng tarqalgan. Suv havzalarida xivchinlilarning turlari va ularning massasi suvning organik chiqindilar bilan ifloslanishiga bog'liq bo'ladi. Xivchinlilar orasida ko'p turlari har xil hayvonlar va odamning ichagi, qoni, terisi va jinsiy bezlar yo'lida parazitlik qiladi. Oziqlanish va


Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish