Parazitologiya fanida kasallik qo’zg’atuvchilarning qaysi sinfga, turkumga, kenja turkumga, oilaga kirishiga ko’ra invazion kasalliklarga umumiy nom beriladi.
Lekin u ko’plik bilan ataladi. Masalan, Trematoda sinf vakillari qo’zg’aydigan kasalliklarning umumiy nomi trematodozlar, Spirurata kenja turkumlari qo’zg’aydiganlari - spiruratozlar, Echinostomatidae oilasi vakillari go’zg’aydigan kasalliklar esa exinostomatidozlar deyiladi. Hozirgi vaqtda parazitar kasalliklarning umumlashtirilgan nomini hamma parazitologlar hamda veterinariya vrachlari yaxshi o’zlashtirib olganlar. Shu asosda parazitar kasalliklarni aniqlash, davolash va kurash chora tadbirlarini tashkil etish taklif qilinadi.Invaziya bilan infektsiya o’rtasidagp bog’lanish. 1901 yilda I. I. Mechnikov gelmintlar migratsiya davrida hayvon organizmiga o’zlari bilan birga turli mikroblarni olib kirishi to’grisidagi fikrni aytgan edi. Qator ilmiy tekshirishlar natijasida bu mikroblarning hayvon organizmida to’liq yoki qisman voyaga yetib, unga zarar etkazishi aniqlangan. Bu to’g’rida akad. K. I. Skryabin «Invaziya infektsiyaga darvoza ochadi», deb ta’riflagan edi. Invaziya ta’sirida infektsion jarayonlarning kechishi ham o’zgaradi. Paraskaridlar bilan zararlangan chorva mollarida soqov kasali og’ir o’tadi, alfartioz yoki delafondioz bilan zararlangan toylarda esa salmonellyoz kasalining klinik belgilari rivojlanadi.
Askaridiy yoki geterakis bilan zararlangan tovqlarda yuqumli kasalliklar juda og’ir o’tadi Strongilidlar bilan invaziyalangan otlarda piroplazmoz, nuttallioz kasalliklari og’ir kechadi. Fastsiolyoz bilan invaziyalangan qo’ylarda anaerob mikroblar qo’zg’atadigan kasalliklarning og’ir kechishi ko’p davlatlarda tasdiqlangan. Fastsiolyoz bilan zararlanmagan qo’ylarda, anaeroblardan Glostridium oedematicus uzoq vaqt yashirin qolib, faqatgina fastsiolyoz bilan bir vaqtda zararlangandagina bakteriya rivojlanib og’ir kechadigan infektsion kasallikni qo’zgaydi.
Cho’chqalardagi inflyuentsa kasalligining virusi so’g cho’chqalarga askaridaning yoki metastrongilidlarning tuxumi orqali o’tishi mumkin. Invazion kasalliklarning o’tishiga tashqi muhitning ta’siri. Tashqi muhitning tarkibiy qismiga tuproq, suv, havo, hayvonot va o’simliklar dunyosi kiradi. Ular parazitlarga egalari orqali ta’sir qiladi. Hayvonning yashashini ta’-minlaydigan sharoit tashh muhit omillari deb ataladi. Ular o’z navbatida abiotik (temperatura, namlik, quyosh nurlari, atmosfera bosimi va boshqalar) va biotik (hayvonlar, o’simliklar) omillarga bo’linadi.
Tashqi muhit omillari invazion kasalliklarning paydo bo’lishi, kechishi va davom etishiga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, MDH ning janubiy hududlaridagi qoramollarda piraplazmoz, teylerioz kasalliklari, qo’ylarda esa piroplazmidozlar keng tarqalgan. Leknin ushbu kasalliklar shimoliy hududlarda yo’q, chunki oraliq xo’jayinlarining rivojlanishi uchun sharoit yo’q. Parazitlarning kasallik qo’zg’atish kuchi (patogenlik xususiyati) tabiiy zonalarga bog’liq holda o’zgarib turadi. Masalan, qoramollarning anaplazmoz kasalligi o’rta mintaqaga qaraganda janubiy mintaqalarda og’ir o’tadi. Kasallangan hayvonlarning ko’pchiligi nobud bo’ladi. Gelmintozlar tog’li, togoldi hamda sug’oriladigan mintaqalarda ko’p, chunki bu mintaqalarda invazion ele-mentlarning rivojlanishi, oraliq xo’jayinlarning yashashi uchun sharoit juda yaxshi.Yogingarchilik ko’p bo’lgan yillarda mollyuskalar yaxshi rivojlanadi, bu esa trematodozlar qo’zg’atuvchilarining keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Invazion kasalliklar epizootologiyasi mintaqalarga, iqlimga bog’lik bo’lganligi sababli ularni o’rganish, kurash tadbirlarini tashkil etish bilan o’lka parazitologiyasi shug’ullanadi. Invazion kasalliklarning epizootologiyasi. Parazitar kasalliklarning epizootologiyasi invazion kasalliklarning paydo bo’lish sabablari, tarqalish yo’llari, rivojlanish qonuniyatlari va oqibatino’i urganadi.
Invazion kasalliklarning tarqalishi tabiiy sharoitga (iqlim, tuproq, havo, suv manbalari, yaylov, umurtqasiz hayvonlarning ko’p-ozligi, o’simliklar turi va hokazo), hayvonning yoshiga, jinsiga, zotiga, yovvoyi hayvonlar va ularning qish-loq xo’jalik hayvonlari bilan bo’lgan munosabatiga, hayvonlarpi boqish, asrash, oziqlantirish, yosh mollarni parvarish qilish va boshqa omillarga bogliq. Shuniig uchun ham qishloq xo’jalik hayvonlarida har bir invazion kasallik mavjud tashqi sharoitiga ko’ra tarqalishi har xil bo’ladi. Invazion kasalliklarning har xil darajada tarqalishi ikkita ko’rsatkich: ekstensiv va intensivligi bilan ifodalanadi.
Invaziyaning ekstensivligi - tekshirilayotgan hayvonlar orasidagi kasallangan mollarping % hisobida ko’rsatilgan soni (masalan, otarda 25% qo’y moniezioz bilan kasallangan). U hayvoilarning tirik yoki o’lganidan keyin aniqlanadi.
Invaziyaning intensivligi - har bir hayvonni kasallantirgan qo’zg’atuvchining miqdoriy ko’rsatkichidir. Masalan, 30 bosh ikki oylik cho’chqa bolasining har bittasining ichida o’rtacha 35 donadan askarida borligi aniqlansa, u shu guruhdagi invaziyaning o’rtacha intensivligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |