foydalanish. mazkur jarayon kom ponentlarining o'zaro bog'liqligi va
aloqadorlik
xususiyatlarini,
innovatsiyalarning
o'ziga
xos
xususiyatlarini inobatga olish, ilmiy-metodik ta'm inotini yaxshilash,
ta'lim menejmenti tamoyillarini o'zlashtirish va qo'llash, boshqaruvni
sub’yektlar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo'naltirish
asosida belgilashni ko'rsatadi.
Pedagogik jarayonlar samaradorligiga ta ’sir etuvchi omillar
vaziyatlarga
ko'ra
pedagogik
jarayonlarning
samaradorligini
ta'm inlash
uchun
quyidagi
shartlarning
bajarilish zaruriyatini
belgilaydi:
- pedagogik jarayonlarni oldindan loyihalashtirish hamda
sub’yektlar faoliyatini rejalashtirish;
-
o'quvchi-talabalarning
boshlang'ich
tushunchalari
va
tayyorgarlik darajasini aniqlash, innovatsion jarayonlarga ularni
oldindan tayyorlash va ilmiy-metodik m ahsulotlar bilan ta'minlash;
- pedagogik jarayon sub’yektlaridan biri hisoblangan o'quvchi-
talabalarning qiziqishi, ehtiyoji va innovatsiyalarga moyilligini
aniqlash va motivlashtirish;
- pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish jarayoniga
innovatsion tuzilishga ega bo'lgan murakkab pedagogik tizim
sifatida yondashish;
- pedagogik jarayonlarni tashkil etish va
boshqarishda
tizimning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, murakkab
pedagogik tizimga xos xususiyatlarni inobatga olish;
-
pedagogik jarayonlarga
yangiliklarni
tatbiq
etish
va
sub’yektlarning
innovatsion
faoliyatini
tashkil
etishda
innovatsiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
- axborotlar to'plash, ularni tahlil qilish va ob'yektiv baholash
asosida o'zgaruvchan vaziyatlarga ko'ra sub’yektlar faoliyatini
muvofiqlashtirib borish.
Shuningdek,
pedagogik
jarayonlar
samaradorligini
ta'minlashda quyidagi samaradorlik ko'rsatkichlarini inobatga olish
zarur:
53
-
maqsadiy
samaradorlik
-
bu
pedagogik
jarayonlar
sub'yektlari salohiyati, imkoniyatlari va mavjud imkoniyatlarni
belgilangan
maqsadlarga
mos
kelish
darajasini
ifodalovchi
xususiyatlar;
ijtim oiy-psixologik
samaradorlik
-
bu
pedagogik
jarayonlardagi ta ’limiy muhitning holati tavsifi bo’lib, sub’yektlarning
ehtiyojlarini rivojlanishi, ularning yaratilgan shart-sharoitlardan va
o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilish darajasi;
- ta'm inot samaradorligi - erishilayotgan natijalarning ilmiy-
metodik ta'minotga bog’liqligi;
texnologik
samaradorlik
-
sub’yektlarning
asosiy
funksiyalarini amalga oshirilish darajasi, shuningdek, sub’yektlar
faolligini rivojlantirish samaradorligi.
Mazkur shartlarni inobatga olgan holda pedagogik jarayonlarni
ilmiy asosda tashkil etish, belgilangan maqsadlarga erishish va
samaradorlikni ta'minlashda hamda innovatsion jarayonlarni tashkil
etish
va
natijaviylikka
erishishda
sub'yektlar
faoliyatini
muvofiqlashtirish, nazorat qilish, ob’yektiv baholash va muntazam
rag’batlantirib borish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta ’minlashda ta ’lim-
tarbiyaviy jarayonlarni muntazam tadqiq qilish hamda qo’llab-
quvvatlangan, m a’qullangan, shuningdek, professor-o’qituvchilar va
o'quvchi-talabalar
o ’rtasida
yangi
va
ishonchli
axborotlar
almashinuvini ta ’minlovchi tizimni joriy etish eng muhim shartlardan
biri hisoblanadi.
54